Boʻston — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar (1983-yildan).
Ellikqalʼa tumani markazi. Aholisi 22,6 ming kishi (2017), asosan qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, shuningdek rus, tatar, turkman, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Urganchgacha 62 km. B. dan Nukusgacha boʻlgan masofa 140 km.
Boʻston | |
---|---|
shahar | |
41°51′0″N 60°56′0″E / 41.85000°N 60.93333°E G O 60°56′0″E / 41.85000°N 60.93333°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qoraqalpogʻiston |
tuman | Ellikqalʼa tumani |
Aholisi (2017) | 22 600 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Shahar yonida Oʻzbekiston FA Botanika instituti va botanika bogʻining filiali (70 ga) barpo qilingan. B.da 1998—99 yillarda madaniyat va istirohat bogʻi (maydoni 50 ga) bunyod etiddi. 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, akademik litsey, madaniyat uyi, 12 kutubxona, klub, stadion, 31 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, markaziy dorixona, dehkon bozori, 10 umumiy ovqatlanish shoxobchasi bor. Shaharda "Elteks" toʻqimachilik kompleksi, paxta tozalash zavodi, "Elnur" xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. 2 avtokorxona, 5 koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna faoliyat koʻrsatadi. "Faxriylar bogʻi", "Yashil xiyobon" kabi dam olish maskanlari tashkil qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Boʻston, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.