Bengal tili (bengal, bangla, banga, bxasha) — bengallar tili.
Hindyevropa tillari oilasiga mansub, hind yoki hindoriy tillaridan iborat. Bangladesh Xalq Respublikasining va Hindistondagi Gʻarbiy Bengaliya shtatining rasmiy tili. 150 mln.dan optik, kishi gaplashadi. Bengal tili ikki — gʻarbiy va sharqiy lahjalar guruhiga boʻlinadi. Tuzilishi jihatidan analitik, biroq keyingi davrlarda fleksiya shakllari koʻpayib bormoqda. Bu asosan analitik shakldagi ot va feʼllarni tutashtirish va shu asosda agglyutinativ qoʻshimchalar yasalishi orqali amalga oshadi. Bengal tili da choʻziq unlilar yoʻq, soʻz oʻzagidagi unlilar almashinuvi soʻz yasalishi bilan bogʻliq unlilar uygʻunlashuvi tarzida kuzatiladi. Otlarda jins kategoriyasi, feʼllarda koʻplik shakli deyarli yoʻq. Adabiy til gʻarbiy lahjalarga va arxaik tizimga tayangan. Alifbosi brahmi yozuvidan kelib chiqqan, oʻziga xos koʻrinishga ega.
Bengal tili | |
---|---|
Milliy nomi | বাংলা |
Rasmiylik holati | Bangladesh va Hindiston (Gʻarbiy Bengaliya, Tripura va Barak viloyati) |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 250–300 milliondan ortiq |
Turkumlanishi | |
Turkum | Hind-yevropa tillari |
Alifbosi | Bengal alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | bn |
ISO 639-2 | ben |
ISO 639-3 | ben |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Bengal tili, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.