23-Avenyu

23-avenyu (koʻcha) (inglizcha: 23rd Street) — New Yorkning Midtown Manhattan okrugidagi ikki tomonlama koʻcha.

Orolni sharqdan gʻarbga kesib oʻtuvchi asosiy magistral yoʻllardan biri. Koʻcha gʻarbdagi Oʻn birinchi avenyudan sharqdagi FDR magistraligacha davom etadi.

23-avenyu
23-Avenyu
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Hudud New York
Shahar Manhattan
Uzunligi 3.1 km
Avtobuslar M23, BM1, BM2, BM3, BM4, X27, X37, X28, X38, BxM18, SIM1C, SIM3C, SIM4C SIM33C, SIM10, SIM3, SIM31, QM21, X63, X64
Koʻchada joylashgan binolar Flatiron Building, MetLife Tower, One Madison

73°59′22.464949168498″W / 40.74155863151023738°N 73.98957359699124936°W / 40.74155863151023738; -73.98957359699124936 G O

23-avenyu 1811-yilda Manhattanni rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli reja qabul qilinganidan keyin paydo boʻldi. Unda mashhur mehmonxonalar, jumladan, Fifth Avenue, shuningdek, koʻplab teatrlar qad rostlagan. Bundan tashqari, koʻchada 2013-yilda qurilgan Flatiron Building, MetLife Tower va One Madison kabi tarixiy osmonoʻpar binolar joylashgan.

Joylashuvi

Manhattandagi boshqa raqamlangan koʻchalar singari 23-koʻcha ham 5-avenyu tomonidan gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlingan. Bu qismlarning har ikkisi Flatiron hududining bir qismi boʻlgan Madison maydonida joylashgan. 6-avenyudan boshlanib, gʻarbiy 23-koʻcha bloki orqali oʻtadi. Sharqda Lexington avenyusidan boshlanib, koʻcha shimolda Kips koʻrfazi va janubda Gramerci va Piter Cooper Village chegaralari boʻylab oʻtadi.

Tarixi

Koʻchaning qurilishi 1811-yilda qabul qilingan Manhattanni rivojlantirish rejasi asosida boshlangan. Uning kengligi 100 fut (taxminan 30 metr) qilib belgilangan. Keyinchalik, 1847-yilda ushbu hududda maydoni 3 gektar boʻlgan Madison square garden tashkil etilgan.

Infratuzilma

23-Avenyu 
Koʻchaning gʻarbiy tomonigi parom terminali (1900-yil)

XIX asrning oʻrtalariga kelib koʻcha hozirgi Gudzon Yards 30 va 32-koʻchalar hamda undan pastdagi koʻchalar orasidagi poyezd stansiyasini bogʻlaydigan keng transport tarmogʻining bir qismiga aylangan. Oʻsha vaqtlarda tez-tez sodir boʻlib turgan parovozlarning bugʻ qozoni portlashi xavfi tufayli 30-koʻchadan pastda harakatlanish taʼqiqlangan, shuning uchun ham yoʻlovchilar New York shahri va uning shimolidagi shaharlar oʻrtasida qatnovchi poyezdlarda stansiyaga borishgan va undan keyin koʻnka (ot qoʻshib yuriladigan vagon)ga oʻtishga majbur boʻlishgan. Koʻnka bekatlari asosan 23, 14, Christopher va Chambers koʻchalarida joylashgan edi.

Shuningdek, 1870-yillarda Oltinchi avenyu boʻylab estakadali temir yoʻl yotqizilgan, bu mahalliy doʻkonlarga mijozlar oqimini sezilarli darajada oshirgan. 23-koʻchada 1880-yilda Ikkinchi avenyu, 1878-yilda Uchinchi avenyu va 1867-yilda Toʻqqizinchi avenyu boʻylab bekatlari boʻlgan uzun yoʻnalishlar yotqizilgan. XX asrning oʻrtalariga kelib parallell ravishda yer osti metro yoʻnalishlari qurilgach, ularning barchasi buzib tashlangan. Hozirda koʻchada beshta metro bekati bor.

1869-yilda Hudson qirgʻogʻida Pavonia Ferry kompaniyasining parom terminali ochilgan. Uning paromlari Manhattan roʻparasida joylashgan Jersey-City shahriga joʻnab ketish moʻljallangan. XX asrning boshlariga kelib paromlar juda eski holatga kelib qolgan va 1942-yilda terminalning oʻzi buzib tashlangan.

Tarixiy arxitektura

1825-yil 1-yanvarda 22 va 23-koʻchalar orasida joylashgan sobiq federal arsenal binosida (hozirgi Brodveyning bir qismi) New York voyaga yetmaganlar qamoqxonasi sanalgan Bloomingdale Road ochildi. U sud tomonidan nomaʼlum muddatga hukm qilingan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan edi. Dastlabki 10 yil davomida 1120 nafar bola mazkur qamoqxonada saqlangan. 1854-yilda qamoqxona New Yorkning East Riveridagi Randall’s oroliga koʻchirilgan.

Taxminan 1860-yilga kelib New York irlandlari negrlarni Five Points hududidan haydab chiqarishdi va qora tanlilar Manhattan boʻylab joylashishga majbur boʻlishdi. Shunday qilib, janubdan 23-ko‘cha, shimoldan 40-ko‘cha va sharqdan Oltinchi avenyu bilan chegaralangan blok bir yarim ming qora tanlilarning boshpanasiga aylandi.

23-Avenyu 
Toʻrtinchi avenyu bilan chorrahadagi Milliy dizayn akademiyasining sobiq binosi (1894-yil)

Qora tanlilar oqimi koʻchada zamonaviy binolar qad rostlashiga toʻsqinlik qilmagan. 1845-yilda 23 va 24-koʻchalar hamda Toʻqqizinchi va Oʻninchi avenyular bilan chegaralangan joyda oʻz davrining atoqli meʼmori Alexandr Jekson Devis loyihasi boʻyicha toʻrt qavatli London Terrace turar-joy majmuasi barpo etilgan. Qurilish vaqtida u dunyodagi eng yirik turar-joy majmuasiga aylangan. 1930-yilda London Terrace qayta qurilgan: bu joyda 16-18 qavatli 14 ta bino barpo qilinib, jami 1670 xonadonga moʻljallangan.

1849-yilda Lexington prospekti bilan kesishgan joyda, shahar referendumi natijalariga koʻra, New York shahar kollejining gotika uslubidagi binosi qurilgan (meʼmori — James Ranwik). 1928-yilda bino buzib tashlangan.

1857-yilda Beshinchi avenyu bilan kesishgan koʻchaning bir qismini sotib olgan savdogar Aymosom Ano 1859-yilda u ushbu hududda hashamatli mehomonxona qurdirgan. 6 qavatli, 800 mehmonni qabul qilish uchun moʻljallangan mehmonxona oʻsha davrlar uchun dunyodagi eng kattasi edi. Mehmonxona Respublikachilar partiyasining shtab-kvartirasi boʻlib xizmat qilgan va prezidentlar Ulysses Grant va Chester Arthur u yerda boʻlishgan. 1860-yilda Uels valiahd shahzodasi Edvard VIIning mehmonxonaga tashrifi uning atrofidagi hududning tijorat jozibadorligini sezilarli darajada oshirdi. 14 va 23-koʻchalar, Oltinchi avenyu va Brodvey oʻrtasidagi boʻlim tez orada Lady’s Mile deb nomlandi. 1908-yilda mehmonxona buzib tashlandi va uning oʻrniga Xalqro oʻyinchoqlar markazi ochildi.

23-Avenyu 
1910-yilgi otkritkada surati tasvirlangan koʻcha. Orqa fonda Stern Brothers ombori binosi va Flatiron binosining yon tomoni koʻrinadi.

Koʻchada 1884-yilda barpo etilgan yana bir mashhur mehmonxona Chelsea deb nomlangan.

1863-yilda koʻchaning Toʻrtinchi avenyu bilan kesishgan joyida Milliy dizayn akademiyasi binosi (meʼmori — chikagolik Peter Bonnet) qurilgan. Venetsiyadagi Dojlar saroyiga oʻxshatib qurilgan bu bino yarim asrga bormay yaroqsiz holatga kelib qolgan. XX asrning boshlarida bu joyda MetLife Tower osmonoʻpar binosi qurilgan.

1878-yilda katta savdogar Stern Brothers Beshinchi va Oltinchi avenyular oʻrtasida hajmi jihatidan oʻsha davr uchun aql bovar qilmas sanalgan ombor qurdirgan. Uning loyihasi arxitektor Henry Pherenbah tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, 7 qavatli va kengligi 200 fut (taxminan 60 metr)ni tashkil qilgan. Ombor New Yorkdagi eng yirik quyma temir uylardan biriga aylangan.

Teatrlar

Koʻchaning Brodveyga yaqinligi bu yerda XIX asrning oxiriga kelib koʻplab teatrlarning paydo boʻlishida qoʻl kelgan. 1868-yilda Sakkizinchi avenyu bilan kesishgan joyda bir necha million dollarlik Grand Opera House teatri qurilgan. 1938-yilda RKO Pictures kinokompaniyasi uni kinoteatrga aylantirgan. Biroq mazkur kinoteatr 1960-yilda Penn-Saut turar-joy majmuasini qurish dasturining bir qismi sifatida butunlay buzib tashlangan. 1869-yilda Oltinchi avenyu bilan kesishgan joyda Booth’s Theatre ochilgan. Yaxshi rivojlanmagan tijoriy faoliyat ortidan 1881-yilda u qurilishi narxining yarmiga sotib yuborilgan va keyinchalik omborga aylantirilgan. 1888-yilda impresario F.F Proktor va Sakkizinchi avenyu oʻrtasida oʻz teatrini ochgan. Uning ishga tushirilishida elektr yoritgichi va fonograf kabi oʻsha davr uchun katta yangilik hisoblangan uskunalardan foydalanilgan. 1907-yilda teatr kinoteatrga aylantirilgan, oradan 30 yil oʻtib yongʻin natijasida vayronaga aylangan.

1966-yil 17-oktyabrda Sharqiy 22-koʻchada joylashgan 7-binoning yertoʻlasida yongʻin sodir boʻlgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar Sharqiy 23-ko‘chadagi 6-bino orqali alanga o‘chogʻiga borishga harakat qilishgan. Oʻsha paytda 6-binoning yogʻoch pollari bilan birga 12 nafar oʻt oʻchiruvchi pastga qulab tushgan. Hodisa 2001-yil 11-sentyabr voqealariga qadar New-York oʻt oʻchiruvchilari orasida qurbonlar soni boʻyicha eng kattasi boʻlib qolgan.

2016-yil 17-sentyabr kuni G‘arbiy 23-ko‘chada Oltinchi avenyu chorrahasi yaqinida portlash sodir bo‘lib, 29 kishi jarohatlangan. Afg‘onistonda tug‘ilgan 28 yoshli fuqaro terrorchilik harakatini sodir etishda gumonlanib, qo‘lga olingan.

Qurilish

23-koʻchaning asosiy xususiyatlaridan biri unda 1902-yilda qurilgan dunyoga mashhur 22 qavatli Flatiron binosi qad rostlaganidir. U 22 va 23-koʻchalar, Brodvey va Beshinchi avenyu chorrahalaridan tashkil topgan kichik hududda joylashgan.

Gʻarbiy 23-koʻcha

23-Avenyu 
Chelsea mehmonxonasi (2001-yil)

Gʻarbiy 23-koʻchaning Chelsea mehmonhonasi boʻylab oʻtadigan qismida koʻplab sanʼat galereyalari va bir nechta teatrlar joylashgan. Oʻninchi avenyudan unchalik uzoq boʻlmagan joyda sobiq estakadali temir yoʻl oʻrnida qurilgan High Line Park koʻchani kesib oʻtadi.

Mashhur binolar:

  • 71 — Manhattan mason ibodatxonasi 1913-yil.
  • 123 — Cherkov 1869-yil qurilgan va 2013-yildan beri yopilgan.
  • 222 — Chelsiea mehmonxonasi.
  • 236 — Emuna Isroil ibodatxonasi (inglizcha: Emunath Israel) 1860-yil.
  • 405-475 — London Terrace turar-joy majmuasi .
  • 517 — HL23, 14 qavatli turar-joy binosi 2011-yil.

West Side avtomagistrali va 23-koʻchaning gʻarbiy burchagi oraligʻida Chelsea suv parki joylashgan. Uning maydoni 1 gektarni tashkil qiladi. Parkda itlar sayr qilish maydoni, bolalar maydonchasi va basketbol maydonlari mavjud.

Sharqiy 23-koʻcha

Koʻchaning bu qismining ustun xususiyatlaridan biri unda 1909-yilda Beshinchi avenyu bilan kesishgan joyda qurilgan 213 metrli MetLife minorasining joylashganligidir. Toʻrt yil davomida, 1913-yilda Wulwort binosi qurilgunga qadar, u dunyodagi eng baland sunʼiy inshoot sanalgan. Koʻchadagi yana bir osmonoʻpar bino — 188 metrli Uan-Medisson 2013-yilda qurib bitkazilgan. Mediamagnat Rupert Merdok uning 4 qavatini 57 million dollarga sotib olgan.

Birinchi avenyu bilan kesishgan 423-uyda Sogʻliqni saqlash markazi faxriylar bilan ishlash boʻlimining katta kampusi joylashgan. Uchinchi darajali profilaktika dasturiga ega bu binoda jarrohlik, kardiologik, urologik va psixiatriya boʻlimlari mavjud boʻlib, ularda turli xil tadqiqotlar olib borilmoqda.

FDR avtomagistrali bilan chorrahadan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, koʻchaning sharqiy qismi oxirida yana bir sogʻlomlashtirish markazi — Acer Lewi umumiy hammomi qurilgan.

Bu yerda XX asr boshlarida qurilgan hammomlar dastlab shaharga birinchi boʻlib kirib kelgan yahudiy muhojirlari nomi bilan atalgan. 1980-yilda hammomlar Milliy tarixiy joylar reestriga kiritilgan.

2002-yilda Sharqiy daryo qirgʻogʻi boʻylab 18 va 23-koʻchalar oʻrtasida sobiq sement zavodi va avtoturargoh oʻrnida maydoni 8000 m² boʻlgan Stuyvesant Cove Park qurilgan. Koʻchaning sharqiy tomoniga qarama-qarshi tomonda Gidroaeroport joylashgan boʻlib, u yerdan boshqa mahalliy dengiz portlariga parvozlar amalga oshirilgan.

Iqtisodiyot

23-koʻcha tarixan shaharning moda markazlaridan biri boʻlgan va koʻchada hozirda ham koʻplab kiyim-kechak doʻkonlari mavjud. Koʻchada doʻkonlari boʻlgan yirik chakana savdo tarmoqlari orasida Best Buy va The Home Depotlar ham bor.

23-koʻchada joylashgan restoranlar, kafelar, tez ovqatlanish shoxobchalari va boshqa ovqatlanish korxonalari asosan ofis xodimlariga moʻljallangan boʻlib, ushbu muassasalarning koʻpchiligi umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatadi. Koʻchadagi restoranlar tomonidan taqdim etiladigan milliy taomlar orasida tay, italyan, ispan va fransuz taomlari mavjud.

Koʻcha nufuzli hududlardan oʻtadi, bu esa unda joylashgan koʻchmas mulklarning moddiy qiymatiga sezilarli taʼsir qiladi. 2017-yil mart oyida Park va Lexington avenyulari orasidagi 230m² ofis maydoni ijarasi yiliga 240 000 dollarga yetgan, Gramersidagi 93 metrli kvartiraning narxi 1 000 000 dollarni tashkil qilgan. 2015-yil iyul oyida koʻp qavatli uydagi toʻrt xonali penthaus 6 440 000 dollarga sotilgan.

Jamoat transporti

23-Avenyu 
M23 avtobus yoʻnalishi

Ushbu koʻchada New York shahrining quyidagi metro stansiyalari joylashgan:

  • 23-koʻcha (Broadway yoʻnalishi, BMT) — Beshinchi avenyu va Broadwey bilan kesishgan joyda;
  • 23-koʻcha (Sakkizinchi avenyu yoʻnalishi) — Sakkizinchi avenyu bilan kesishgan joyda;
  • 23-koʻcha (Oltinchi avenyu yoʻnalishi) — Oltinchi avenyu bilan kesishgan joyda;
  • 23-koʻcha (Broadwey va yettinchi avenyu yoʻnalishi) — Yettinchi avenyu bilan kesishgan joyda;
  • 23-koʻcha (Lexington Avenyu yoʻnalishi) — Park Avenyu bilan kesishgan joyda.

Oltinchi avenyu bilan kesishgan joyda Manhattan, Jersey City va Hobokenni bogʻlaydigan PATH yoʻnalishlari bekati joylashgan. M23 avtobus yoʻnalishi koʻcha boʻylab harakatlanadi.

Manbalar

Adabiyotlar

  • Alexiou A. S.. The Flatiron: The New York Landmark and the Incomparable City That Arose with It. ISBN 1429923873. 
  • Burrows E. G., Wallace M.. Gotham:A History of New York City to 1898, New York. ISBN 978-0-19-514049-1. 
  • Diamonstein-Spielvogel B.. The Landmarks of New York, Fifth Edition: An Illustrated Record of the City's Historic Buildings, Excelsior Editions. SUNY Press, 2011. ISBN 1438437714. 
  • The Encyclopedia of New York City, 2, Yale University Press, 2010. ISBN 0300182570. 

Tags:

23-Avenyu Joylashuvi23-Avenyu Tarixi23-Avenyu Qurilish23-Avenyu Iqtisodiyot23-Avenyu Jamoat transporti23-Avenyu Manbalar23-Avenyu Adabiyotlar23-AvenyuIngliz tiliManhattanNew York (shahar)

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

GapMoliyaPunktuatsiyaRaqobatSuvIshsizlikOila tarbiyasiAksiyadorlar jamiyatiGoʻri AmirUsmonlilar imperiyasiUndalmaTuzlarBoʻgʻin (tushuncha)ParlamentKanadaDasturlashTranzistorTermiziy Abu IsoTafakkurBosh SahifaSingapurOʻzbek tilining izohli lugʻati (1981)BiologiyaXorazmOʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiYahudiylikYulduzli tunlarGʻaznaviylar davlatiKarbon kislotalarXufton namoziVirusli kasalliklarOvqatdan zaharlanishDunyo aholisiZardushtiylikYorugʻlikBuxoroBuddizmAtomSimmetriyaYogʻProteinlarQitʼaShishaInsonparvarlikKoʻp nuqtaAnnotatsiyaIchan qalʼaBetonNutq madaniyatiBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiJadidchilikXudoyberdi ToʻxtaboyevNeptunSuvni tozalashImloBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaYan Amos KomenskiySovet Sotsialistik Respublikalari IttifoqiTasviriy sanʼatFoydali qazilmalarSezgiHaroratAksiyaMarkaziy nerv sistemasiHajmDunyoqarashIshlab chiqarish harajatlariJizzax viloyatiUygʻonish davriInflatsiyaBilimOyat al-KursiBirinchi yordamSirdaryo (viloyat)MaktabMikroskopYarimoʻtkazgichGerontopsixologiya🡆 More