Hindiston Konstitutsiyasi

 

Hindiston Konstitutsiyasi

Hindiston Konstitutsiyasi (IAST : Bhāratīya Saṃvidhāna) — Hindistonning oliy qonuni. Hindsiton Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy siyosiy kodeksi hisoblanib, davlat tuzilmasi, boshqaruv tartiblari, davlat organlarining vakolatlari va davlat institutlarining majburiyatlarini va fuqarolarning asosiy huquqlari, direktiv tamoyillari va majburiyatlarini belgilaydi. Hindsiton Konstitutsiyasi dunyodagi eng uzun yozma milliy konstitutsiyadir.

Hindsiton Konstitutsiyasi mamlakatda konstitutsiyaviy ustunlikni taʼminlaydi(parlament ustunligini emas, chunki hujjatni parlament emas, balki Taʼsis Assambleyasi tomonidan yaratilgan) va oʻz xalqi nomidan oʻz muqaddimasida deklaratsiya bilan qabul qilingan. Parlament konstitutsiyani bekor qila olmaydi.

Hindiston Konstitutsiyasi
BR Ambedkar: Hindiston Konstitutsiyasi Hindistonning 2015-yilgi pochta markasida

Hindsiton Konstitutsiyasi 1949-yil 26-noyabrda Hindiston Taʼsis Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan. Konstitutsiya Hindiston hukumatining 1935-yilgi qonunini mamlakatning asosiy boshqaruv hujjati sifatida bekor qildi, natijada Hindiston Dominioni Hindiston Respublikasiga aylandi. Konstitutsiyaviy avtoxtoniyani taʼminlash uchun uning tuzuvchilari 395-moddada Britaniya parlamenti tomonidan qabul qilingan avvalgi hujjatlarini bekor qildilar. Hindiston oʻz konstitutsiyasi qonuniy kuchga kirgan kun 26-yanvarniRespublika kuni sifatida nishonlaydi.

Konstitutsiya Hindistonni suveren, sotsialistik, dunyoviy va demokratik respublika deb eʼlon qiladi, uning fuqarolariga adolat, tenglik va erkinlikni kafolatlaydi va birodarlikni rivojlantirishga harakat qiladi. 1950-yilgi konstitutsiyaning asl nusxasi Nyu-Dehlidagi parlament binosida geliy bilan toʻldirilgan qutida saqlanadi. „Dunyoviy“ va „sotsialistik“ soʻzlari 1976-yilda Favqulodda vaziyat paytida 42-oʻzgartirish qonuni bilan muqaddimaga qoʻshilgan.

Yaratilish tarixi

Hindiston Konstitutsiyasi 
Babasaheb Ambedkar, 1949-yil 25-noyabrda Hindiston konstitutsiyasining yakuniy loyihasini Taʼsis Assambleyasi prezidenti Rajendra Prasadga taqdim etayapti.

1928-yilda barcha partiyalar konferensiyasi Laknauda Hindiston Konstitutsiyasini tayyorlash uchun chaqirilgan, bu chaqiriq Neru hisoboti sifatida tanilgan.

Hindistonning katta qismi 1857-yildan 1947-yilgacha Britaniya hukmronligi ostida edi. Bu vaqtda davomida Hindiston buyuk Britaniya Parlamenti tomonidan chiqarilgan qarorlar va qonunlar asnosida boshqarilgan. Hindiston konstitutsiyasi esa 1947-yilgi Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonunni va 1935-yil 26-yanvarda kuchga kirgan Hindiston hukumati qonunini bekor qildi. Hindistonda Britaniya hukmronligi toʻxtadi va konstitutsiya bilan suveren demokratik respublikaga aylandi. Konstitutsiyaning 5, 6, 7, 8, 9, 60, 324, 366, 367, 379, 380, 388, 391, 392, 393 va 394-moddalari 1949-yil 26-noyabrda kuchga kirgan (Konstitutsiayning oʻzi qonuniy kuchga kirishidan oldinroq), qolgan moddalar esa 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan.

Oldingi qonun hujjatlari

Hindiston Konstitutsiyasi bir qancha manbalardan olingan. Hindistonning ehtiyojlari va shartlarini hisobga olgan holda, uni ishlab chiquvchilar Hindiston hukumatining 1858-yilgi qonuni, 1861, 1892 va 1909-yillardagi Hindiston kengashlarining aktlari, Hindiston hukumatining 1919- va 1935-yillardagi aktlari va 1947 -yilgi Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonun kabi oldingi qonun hujjatlarining xususiyatlarini oʻzlashtirgan. Bu davrdaHindiston va Pokistonning alohida-alohida davlat sifatida paydo boʻlishi, sobiq Taʼsis Assambleyasining ham ikkiga boʻldi. 1935-yildagi oʻzgartirish akti ham yangi tuzilgan ikki davlat konstitutsiyalari qilish uchun juda muhim qadam boʻldi. Federalizm yoʻlini tanlagan davlatlarda har bir yangi hududiy assambleya alohida shtatlar uchun yangi konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish uchun suveren vakolatga egaligi beldilandi.

Taʼsis assambleyasi

Hindiston Konstitutsiyasi 
1950-yil Taʼsis assanbleyasi yigʻilishi

Hindiston Konstitutsiyasi viloyat majlislarining saylangan aʼzolari tomonidan shakllantirilgan Taʼsis Assambleya tomonidan ishlab chiqildi. Dastlab 389 aʼzodan iborat assambleya (Hindiston boʻlinganidan keyin 299 aʼzoga qisqarga edi) konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish uchun deyarli uch yil sarfladi va 165 kun davomida oʻn bir sessiya oʻtkazdi.

Hindiston Konstitutsiyasining shakllanish xronologiyasi

  • 1946-yil 6-dekabr: Konstitutsiyaviy assambleyaning tashkil topishi (fransuz amaliyotiga muvofiq tuzilgan).
  • 1946-yil 9-dekabr: Birinchi yigʻilish (hozirgi parlament uyining markaziy zalida) boʻlib oʻtdi,Sachchidananda Sinha vaqtinchalik prezident etib saylandi. (Pokiston davlatini tuzish tarafdorlari Alohida davlatni talab qilib, Musulmonlar Ligasi uchrashuvni boykot qildi).
  • 1946-yil 11-dekabr: Assambleya Rajendra Prasadni prezident, HC Mukherjini rais oʻrinbosari va BN Rauni konstitutsiyaviy yuridik maslahatchi etib tayinladi. (Avvaliga jami 389 aʼzo boʻlgan, boʻlingandan keyin ular 299 taga kamaygan. (389 aʼzodan 292 nafari hukumat viloyatlaridan, 4 nafari Bosh komissar viloyatlaridan va 93 nafari knyazlik shtatlaridan edi)).
  • 1946-yil 13-dekabr: Javoharlal Neru konstitutsiyaning asosiy tamoyillarini belgilab berdi va „Obyektiv rezolyutsiya“ni taqdim etdi. Bu keyinchalik Konstitutsiyaning muqaddimasi boʻldi.
  • 1947-yil 22-yanvar: Obyektiv rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
  • 1947-yil 22-iyul: Davlat bayrogʻi qabul qilindi.
  • 1947-yil 15-avgust: Mustaqillikka erishildi. Hindiston davlati Hindiston hukmronligi va Pokiston hukmronligiga boʻlindi.
  • 1947-yil 29-avgust: Hindiston Konstitutsiyasini Loyihalash qoʻmitasi BR Ambedkarni qoʻmita raisi etib tayinladi. Qoʻmitaning qolgan olti aʼzosi Munshi, Muhammad Sadulla, Alladi Krishnasvami Iyer, N. Gopalasvami Ayyangar, Xaytan va Mitter boʻldi.
  • 1948-yil 16-iyul: Harendra Kumar Mukerji bilan birga VT Krishnamachari ham Taʼsis assambleyasining ikkinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
  • 1949-yil 26-noyabr: Hindiston Konstitutsiyasi assambleya tomonidan maʼqullandi va qabul qilindi.
  • 1950-yil 24-yanvar: Taʼsis majlisining soʻnggi yigʻilishida Konstitutsiya imzolandi va yakuniy shaklda qabul qilindi (395 ta modda, 8 ta dastur va 22 qismdan iborat).
  • 1950-yil 26-yanvar: Konstitutsiya butun mamlakatda kuchga kirdi. (Butun jarayon 2 yil, 11 oy va 18 kun davom etdi — jami 6,4 million € sarflangan.)

G.V.Mavlankar Hindiston respublikaga aylanganidan keyin Lok Sabha (parlament quyi palatasi)ning birinchi spikeri boʻldi.

Boshqa konstitutsiyalarning taʼsiri

  Hindiston konstitutsiyasi suveren davlat uchun dunyodagi eng uzun konstitutsiya hisoblanadi. Qabul qilinganda Hindiston Konstitutsiyasi 22 qism (boʻlim)dan va 8 ta bob va 395 ta moddadan iborat edi. Taxminan 145 000 soʻz bilan u Alabama Konstitutsiyasidan keyin dunyodagi ikkinchi eng koʻp soʻzli faol konstitutsiya hisoblanadi.

Konstitutsiyaning tarkibi

Hozirda konstitutsiya muqaddima va 470 ta moddadan iborat va ular 25 boʻlimga birlashtirilgan. Shu vaqtga qadar 12 ta bob va beshta ilova bilan jami 104 marta oʻzgartirishlar kiritilgan. Oxirgi oʻzgartirish 2020-yil 25-yanvarda kuchga kirdi.

Konstitutsiyaning moddalari quyidagi qismlarga birlashtirilgan:

  • Muqaddima, „sotsialistik“, „dunyoviy“ va „yaxlitlik“ soʻzlari bilan 1976-yilda 42-oʻzgartirish qoʻshilgan.
  • I qism — Davlat shtatlari va ittifoq hududlari — 1-4-moddalar
  • II qism — Fuqarolik — 5-11-moddalar
  • III qism — Asosiy huquqlar — 12-35-moddalar
  • IV qism — Davlat siyosatining Direktiv tamoyillari — 36-51-moddalar
  • IV A qism — Asosiy majburiyatlar — 51 A-modda
  • V qism — Ittifoq — 52-151-moddalar
  • VI qism — Shtatlar- 152-237-moddalar
  • VII qism — Birinchi bobning B qismidagi shtatlar (bekor qilingan) — 238-modda
  • VIII qism — Ittifoq hududlari — 239-242-moddalar
  • IX qism — Panchayatlar — 243-243-moddalar (O)
  • IXA qismi — Munitsipalitetlar — 243§ dan 243(ZG)gacha boʻlgan moddalar
  • IXB qism — Kooperativ jamiyatlar — 243(ZH) dan 243(ZT)gacha boʻlgan moddalar
  • X qism — Rejalashtirilgan va qabila hududlari — 244-244A-moddalar
  • XI qism — Ittifoq va shtatlar oʻrtasidagi munosabatlar — 245-263-moddalar
  • XII qism — Moliya, mulk, shartnomalar va daʼvolar — 264-300A-moddalar
  • XIII qism — Hindiston ichidagi savdo-sotiq munosabtlari — 301-307-moddalar
  • XIV qism — Ittifoq va shtatlar qoshidagi xizmatlar — 308-323-moddalar
  • XIVA qism — Sudlar — 323A-323B-moddalar
  • XV qism — Saylovlar — 324-329A-moddalar
  • XVI qism — Ayrim sinflarga tegishli maxsus qoidalar — 330-342-moddalar
  • XVII qism — Tillar — 343-351-moddalar
  • XVIII qism — Favqulodda vaziyat qoidalari — 352-360-moddalar
  • XIX qism — boshqa qoidalar — 361-367-moddalar
  • XX qism — Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish — 368-moddalar
  • XXI qism — Vaqtinchalik, oʻtish va maxsus qoidalar — 369-392-moddalar
  • XXII qism — Qisqa sarlavha, boshlangan sana, hind tilidagi ishonchli matn va bekor qilinganlar — 393-395-moddalar

Hindiston Konstitutsiyasi alohida boblari

Alohida boblar — bu konstitutsiyadagi byurokratik faoliyat va hukumat siyosatini tasniflaydigan moddalar.

Bob tartib raqami Moddalar Tavsif
Birinchidan 1 va 4 Hindistonning shtatlari va hududlari, ularning chegaralaridagi oʻzgarishlar va bu oʻzgarishlarni amalga oshirishda foydalanilgan qonunlar roʻyxati sanab oʻtilgan.
Ikkinchi 59 (3), 65 (3), 75 (6), 97, 125, 148 (3), 158 (3), 164 (5), 186 va 221 Davlat amaldorlari, sudyalar, nazoratchi va bosh auditorlarning maoshlarini sanab oʻtadi.
Uchinchi 75 (4), 99, 124 (6), 148 (2), 164 (3), 188 va 219 Qasamyod shakllari — saylangan mansabdor shaxslar va sudyalar uchun qasamyodning tartibi belgilangan.
Toʻrtinchi 4(1) va 80(2) Rajya Sabhada (parlamentning yuqori palatasi) shtat yoki ittifoq hududi boʻyicha oʻrinlarni taqsimlash tafsilotlari.
Beshinchi 244(1) Rejalashtirilgan hududlar va rejali qabilalar (maxsus himoyaga muhtoj hududlar va qabilalar) boshqaruvi va nazoratini taʼminlaydi.
Oltinchi 244(2) va 275(1) Assam, Meghalaya, Tripura va Mizoramda qabilaviy hududlarni boshqarish uchun moʻljallangan qoidalar.
Ettinchi 246 Markaziy hukumat, shtat va ularning javobgarligining bir vaqtda roʻyxati
Sakkizinchi 344(1) va 351 Rasmiy tillar
Toʻqqizinchi 31-B Muayyan aktlar va qoidalarni tasdiqlash tartibi.
Oʻninchi 102(2) va 191(2) Parlament aʼzolari va shtat qonun chiqaruvchi organlari uchun defektsiyaga qarshi qoidalar.
Oʻn birinchi 243-G Panchayat Raj (qishloq mahalliy hukumati)
Oʻn ikkinchi 243-Vt Munitsipalitetlar (shahar mahalliy hokimiyati)

Qoʻshimchalar

  • Ilova I — Konstitutsiya (Jammu va Kashmirga ariza) ordeni, 1954-yil
  • II ilova — Jammu va Kashmir shtatiga nisbatan qoʻllaniladigan istisnolar va oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi konstitutsiyaning hozirgi matniga tayangan holda qayta eʼlon qilish
  • III-ilova — Konstitutsiyadan koʻchirmalar (Qirq toʻrtinchi tuzatish), 1978-yil
  • IV ilova — Konstitutsiya (sakson oltinchi tuzatish) qonuni, 2002-yil
  • V ilova — Konstitutsiya (sakson sakkizinchi tuzatish) qonuni, 2003-yil

Hukumat hokimiyat manbalari

Davlat hokimiyati Ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlariga boʻlinadi va bu Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiyasiga koʻra Hindiston parlament boshqaruv tizimi tomonidan boshqariladi, ijro etuvchi hokimiyat qonun chiqaruvchi organ oldida bevosita javobgardir.

Konstitutsiyadagi davlat hokimiyatning tuzilishi bilan bogʻliq moddalar

  • 52- va 53-moddalarga koʻra: Hindiston prezidenti ijroiya hokimiyatining boshligʻi hisoblanadi.
  • 60-moddaga binoan: Konstitutsiya va qonunni saqlash, muhofaza qilish va himoya qilish majburiyati.
  • 74-moddaga koʻra: Bosh vazir Vazirlar Kengashining rahbari boʻlib, u prezidentga oʻz konstitutsiyaviy vazifalarini bajarishda yordam beradi va maslahat beradi.
  • 75-moddaning 3-moddasiga muvofiq: Vazirlar Kengashi quyi palata oldida javob beradi.

Prezidentning qonun chiqarish vakolati

Parlament palatalaridan biri yoki ikkalasi ham majlisda boʻlmaganda, Prezident orqali ish olib boradigan Bosh vazir qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir tomonlama amalga oshirishi va qonun kuchiga ega boʻlgan qarorlar yaratishi mumkin. Ushbu qarorlar parlament qayta yigʻilgandan olti hafta oʻtgach yoki ikkala palata maʼqullamasa, ertaroq tugaydi. Konstitutsiyada Prezident farmonlar faqat „zudlik bilan chora koʻrishni“ talab qiladigan holatlar yuzaga kelganda chiqarilishi kerakligi belgilangan. Farmonlar oʻz mavzusi boʻyicha juda xilma-xil boʻlishi mumkin. Prezident Farmonlarining soʻnggi misollari orasida yer egasi huquqlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, COVID-19 pandemiyasiga favqulodda choralar va bank qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlarni kiritishimiz mumkin.

Federalizm

Konstitutsiyaning birinchi moddasida Hindiston „davlatlar ittifoqi“ (federal davlat) deb eʼlon qilingan. Konstitutsiyaga koʻra, shtatlar oʻzlari uchun asosiy vakolatlarni saqlab qoladilar va Rajya Sabha orqali milliy hukumatga kuchli taʼsir koʻrsatadilar. Biroq, Konstitutsiya ularning vakolatlarining asosiy chegaralarini belgilaydi va koʻp hollarda milliy hukumatga yakuniy soʻz beradi.

Konstitutsiyadagi davlat vakolatlari

Rajya Sabha (Parlamentning yuqori palatasi)

Ittifoq darajasida shtatlar Rajya Sabha yoki Davlatlar Kengashida oʻz vakillarini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaning Toʻrtinchi bobida har bir shtat Davlatlar Kengashida nazorat qiladigan oʻrinlar sonini belgilaydi va ular taxminan har bir shtat aholisiga asoslanadi deb belgilangan. Har bir shtat qonun chiqaruvchi organi aʼzolari bu vakillarni Davlatlar Kengashida saylaydi va tayinlaydi. Koʻpgina mavzularda Rajya Sabha quyi palata yoki Lok Sabha bilan tengdir va qonun loyihasi qonun boʻlishi uchun uning roziligi talab qilinadi. Bundan tashqari, parlament palatalaridan biri sifatida Konstitutsiyaga kiritilgan har qanday tuzatish kuchga kirishi uchun Rajya Sabhada uchdan ikki koʻpchilik ovoz talab qiladi. Ushbu qoidalar shtatlarga „federal palatada“ vakillik qilish orqali milliy siyosatga sezilarli taʼsir koʻrsatishga imkon beradi.

Shtatlar

Konstitutsiya shtatlarga faqat ularning yurisdiktsiyasiga tegishli boʻlgan vakolatlarning roʻyxatini beradi. Odatda faqat shtat qonun chiqaruvchi organlari ushbu vakolatlarni amalga oshiradigan qonunlarni qabul qilishga qodir. Ittifoq hukumatiga buni qilish taqiqlanadi. Bu vakolatlar Konstitutsiyaning Shtatlar roʻyxati deb nomlanuvchi ettinchi bobining ikkinchi qismida mavjud. Shtatlar roʻyxatidagi sohalar keng koʻlamli boʻlib, sogʻliqni saqlash va turli soliqlar kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Shtatlar roʻyxati shtatlarga politsiya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi, saylovlar va boshqalar ustidan nazorat qilish imkonini beradi.

Yana qarang

  • Konstitutsiya kuni (Hindiston)
  • Konstitutsiyaviy iqtisodiyot
  • Konstitutsiyaviylik
  • Demokratiya tarixi
  • Milliy konstitutsiyalar roʻyxati
  • Magna Carta
  • Yuqori qonunga muvofiq boshqaring
  • Yagona fuqarolik kodeksi

Manbalar

Havolalar

Tags:

Hindiston Konstitutsiyasi Yaratilish tarixiHindiston Konstitutsiyasi Oldingi qonun hujjatlariHindiston Konstitutsiyasi Taʼsis assambleyasiHindiston Konstitutsiyasi Boshqa konstitutsiyalarning taʼsiriHindiston Konstitutsiyasi Konstitutsiyaning tarkibiHindiston Konstitutsiyasi Hukumat hokimiyat manbalariHindiston Konstitutsiyasi FederalizmHindiston Konstitutsiyasi Yana qarangHindiston Konstitutsiyasi ManbalarHindiston Konstitutsiyasi HavolalarHindiston Konstitutsiyasi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Venera (sayyora)YogʻTarbiyaInsultJangi loyElektron hukumatEstetikaYengil atletikaVolontyorMuloqotJinsiy aloqaFalsafaLinzaAlpinizmMarsFutbol tarixiBayerische Motoren Werke AGIssiqlikRim imperiyasiIngliz tiliAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiGoogleTugʻruqParallelepipedKosmonavtikaAlpomishOʻzbekiston Liberal demokratik partiyasiKoreya RespublikasiJahon savdo tashkilotiOyat al-KursiMoliyaMuomala madaniyatiGrafika (tilshunoslik)MissionerlikQonSanoatBozor iqtisodiyoti modellariAxborot texnologiyalariAdobe PhotoshopAlgoritmQon kasalliklariXaritaMorfemaBronxial astmaOgahiyIqtisodiy oʻsishOʻzbekistonda taʼlimBiologiyaOptikaOʻzbekiston bosh vaziriQuyoshQogʻozDispanserSuverenitetMerkuriySaida ZunnunovaAndijon viloyatiSogʻlom turmush tarziProkuraturaGʻafur GʻulomTafakkurAbdulla AvloniySuvTovushRuhlar isyoniOt (soʻz turkumi)Jismoniy tarbiyaMDHUNICEFAlisher NavoiyMicrosoft WordTelevizorIqtisodiyotKuchNarkozKanadaOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariOʻzbekiston milliy ensiklopediyasiTuzlar🡆 More