Harry Potter

Harry Potter (talaffuzi: Harri Potter) ingliz yozuvchisi J.

K. Rowling qalamiga mansub yettita fentezi janridagi romanlar toʻplamidir. Bir yosh sehrgar bola haqidagi bu kitobda, Harryning qora sehr dunyosi vakili Lord Voldemortga qarshi kurashi tasvirlanadi.

Harry Potter
Harry Potter
Muallif(lar) J. K. Rowling
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Qismlar Harry Potter
Janr(lar)i fentezi
Nashr etilgan sanasi 26-iyun 1997 – 21-iyul 2007-yil
Nashriyot Bloomsbury Publishing (Birlashgan Qirollik)

Harry Potter romanlari turkumining birinchisi boʻlmish Harry Potter va hikmatlar toshi 1997-yil 26-iyunda chiqarildi. Roman umumjahon boʻylab mashhurlikka erishdi, tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi hamda tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi. 2018-yilning fevraliga koʻra, Harry Potter romanlari toʻplami butun dunyo boʻylab 500 milliondan oshiq nusxada sotilgan boʻlib, buning ortidan hamma vaqtlarning eng koʻp sotilgan kitoblar toʻplami boʻldi. Shuningdek, shu kungacha ushbu romanlar toʻplami saksonta tilga tarjima qilingan. Toʻplamning oxirgi toʻrttasi ketma-ket tarzda eng tez sotilgan kitob oʻlaroq rekord oʻrnatdi. Toʻplamning oxirgisi boʻlmish Harry Potter va ajal tuhfalari romani Buyuk Britaniyada 2.7 million nusxada, AQShda esa 8.3 million nusxada sotilgan.

Toʻplam Buyuk Britaniyada Bloomsbury nashriyotida, AQShda Scholastic Press nashriyotida ingliz tilida chop etilgan.

Ushbu romanlar turkumi asosida sakkizta film suratga olindi. Ularning barchasi Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan boʻlib, umumjahon boʻylab taxminan $25 milliard daromad qilgan va buning ortidan tarixda uchinchi eng kassabop film qismlari boʻldi.

Shuningdek, Rowling tarafidan yozilgan ssenariyga asoslangan Harry Potter and the Cursed Child („Harry Potter va lanʼatlangan bola“) nomli pyesa premyerasi 2016-yil 30-iyulda London shahridagi Palace teatrida boʻlib oʻtdi.

Harry Potter
"The Elephant House" — Edinburgdagi Rowling „Harry Potter“ni yozgan qaxvahona.
Harry Potter
Yozuvchi — J. K. Rowling

Dastlabki yillar

Filmlar Harry Potter ismli bolaning hayotini aks ettiradi. Birinchi kitob, Harri Potter va hikmatlar toshida, Harry Durslilar uyidagi zinapoya ostidagi shkafda, uning xolasi, amakisi va amakivachchasi Dadli bilan yashaydi. Durslilar oʻzlarini mutlaqo normal deb hisoblashadi, ammo 11 yoshida Harry uning sehrgar ekanligini aniqlaydi. U Hagrid ismli yarim gigant bilan uchrashadi, u uni Hogvarts jodugarlik va sehrgarlik maktabiga borishga taklif qiladi. Harry goʻdakligida uning ota-onasi qora sehrgar Lord Voldemort tomonidan oʻldirilganligini biladi. Voldemort Harryni oʻldirmoqchi boʻlganida, uning tavqi laʼnati qayta tiklandi va Harry peshonasida chaqmoq shaklidagi chandiq bilan omon qoladi.

Kitoblar

Adaptatsiyalar

Filmlar

Film Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariynavis(lar) Produser(lar)
Harry Potter va hikmatlar toshi 10-noyabr, 2001-yil(2001-11-10) Chris Columbus Steve Kloves David Heyman
Harry Potter va maxfiy hujra 15-noyabr, 2002-yil(2002-11-15)
Harry Potter va Azkaban mahbusi 31-may, 2004-yil(2004-05-31) Alfonso Cuarón David Heyman, Chris Columbus va Mark Radcliffe
Harry Potter va Alanga kubogi 18-noyabr, 2005-yil(2005-11-18) Mike Newell David Heyman
Harry Potter va Feniks jamiyati 11-iyul, 2007-yil(2007-07-11) David Yates Michael Goldenberg David Heyman va David Barron
Harry Potter va tilsim shahzodasi 15-iyul, 2009-yil(2009-07-15) Steve Kloves
Harry Potter va ajal tuhfalari: 1-qism 19-noyabr, 2010-yil(2010-11-19) David Heyman, David Barron va J. K. Rowling
Harry Potter va ajal tuhfalari: 2-qism 15-iyul, 2011-yil(2011-07-15)

Spin-off filmlar

Fantastik maxluqlar filmlari

Film Reliz sanasi Rejissor(lar) Ssenariynavis(lar) Produser(lar) Status
Fantastik maxluqlar 18-noyabr, 2016-yil(2016-11-18) David Yates J. K. Rowling David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves va Lionel Wigram Chiqarilgan
Fantastik maxluqlar: Grindelwaldning jinoyati 16-noyabr, 2018-yil(2018-11-16)
Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore 8-aprel, 2022-yil(2022-04-08) Steve Kloves va J. K. Rowling David Heyman, J. K. Rowling, Steve Kloves, Lionel Wigram va Tim Lewis Tugallangan
Nomsiz 4- va 5-Fantastik maxluqlar filmlari Nomaʼlum Suratga olinish ishlarida

Manbalar

Oʻqish uchun

Havolalar

Tags:

Harry Potter Dastlabki yillarHarry Potter KitoblarHarry Potter AdaptatsiyalarHarry Potter ManbalarHarry Potter Oʻqish uchunHarry Potter HavolalarHarry PotterFenteziHarry Potter (qahramon)InglizJ. K. RowlingLord VoldemortRomanYozuvchi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

FizioterapiyaHuqnaVenera (sayyora)Veb-saytBolalar psixologiyasiKonsepsiyaIqtisodiyotQonPayvandlashMicrosoft OfficeIchki sekretsiya bezlariEnergiyaLeksikologiyaPsixologiyaOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiTeriGlossariyDavlatlar pul birliklari roʻyxatiKoʻp nuqtaMahmudxoʻja BehbudiyNikoh toʻyiMorfologiyaIntellektFargʻonaLazerKislorodBuxoro amirligiTinish belgilariPedagogikaOʻzbek milliy akademik drama teatriKelishikTib qonunlariEkologiyaMehnatAntonimlarFonetik oʻzgarishlarShizofreniyaToʻyDiniy marosimlarUsmonlilar imperiyasiOʻzbekiston siyosiy partiyalariUltratovush tekshirish usuliTexnologiyaInsultOgʻirlik oʻlchov birliklariFermentlarElektr zaryadWolfgang Amadeus MozartSifatCristiano RonaldoRaqobatMissionerlikOʻzbek tiliTermodinamikaSanitariyaMilliy dinlarGeometriyaOʻzbekistonda paxta ishiMaqolIrsiy kasalliklarEritmalarElektrokardiogrammaOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariOlmaBahodir Jalolov (bokschi)HolSamarqandMona LisaEstetikaBiologiyaOʻzbekiston daryolariOʻzgaruvchan tokXorazm Maʼmun akademiyasiShanxay hamkorlik tashkilotiSuyakRivojlanishBoʻlinish alomatlari🡆 More