Leonardo Da Vinci

Leonardo di ser Piero da Vinci (italyancha: Leonardo di ser Piero da Vinci', 1452-yil 15-aprel, Vinchi shaharchasi yonidagi Ankiano qishlog'i, Florensiya yaqinida — 1519-yil 2-may, Ambuaz yaqinidagi Klo-Luse qasri, Turen, Fransiya) — buyuk italyan musavviri va olimi, italyan Renessansi ideali - mukammal inson (homo universale) namunasi.

Leonardo da Vinci
Leonardo Da Vinci
Avtoportret, taxminan 1512-1515-yillar.
Haqiqiy ismiLeonardo di Ser Piero
Tavalludi 15-aprel 1452-yil
Florensiya, hozirgi Italiya
Vafoti 2-may 1519-yil(1519-05-02)
(67 yoshda)
Amboise, Indre-et-Loire, hozirgi Fransiya
Millati Toskaniya italyani
Sohasi badiiy tasvir va fan
Oqim Renessans
Mashhur suratlari Mona Lisa, Soʻnggi Tanovul, Vitruvian Odami

Leonardo da Vinci A. Verrokkodan taʼlim olgan (1467— 72). L. da V. oʻz davrining insonparvarlik gʻoyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi; ilk asarlaridayoq mayin nur-soya vositasida shaklning oquvchan hajmini koʻrsatdi. Asarlarida diniy mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar koʻzgusiga aylantiradi. Hisobsiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda katta mahoratga erishdi. Baʼzan tashqi koʻrinish (yuzdagi zoʻrgʻa ilgʻab olinadigan tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik koʻngil holati)ni ifodalaydi: "Madonna Benua" (taxminan 1478), "Qoyadagi Madonna" (1483—94, 2-nusxasi 1497—1511), "Maxfiy kechalar" devoriy rasmi (1495—97), "Angyari jangi" (1503—06), "Mona Liza" ("Jokonda" nomi bilan mashhur, taxminan 1503), "Ioann Krestitel" (taxminan 1513—17); dunyo halokati ifodalangan "Toshqin" rasmlar turkumi (taxminan 1514— 16)da tabiatning dahshatli ofatlari oldida insonning ojizligi, tabiiy jarayonlarning takrorlanishini aqliy tasavvuri bilan uygunlashtiradi.

L. da V. dunyoqarashini oʻrganishda uning yon daftari va qoʻlyozmalari (taxminan 7 ming varaq), shogirdlaridan F. Melsi tomonidan uning yozmalari asosida tuzilgan "Rangtasvir haqida risola"si Yevropa amaliyoti va nazariyasiga taʼsir koʻrsatgan muhim manbadir.

Meʼmor sifatida L. da V. "ideal" shahar va gumbazli ibodatxonaning turli xil loyihalarini ishlab chiqdi. Olim va muhandis sifatida oʻz davri fanining barcha sohalarini boyitdi, ayniqsa, eʼtiborni mexanikaga qaratdi. Yaratishga boʻlgan ehtiros uni oʻz davridan ilgarilab ketishiga olib keldi: yer kavlaydigan mashina, uchish apparatlari, suv osti kemasi, bosma, toʻquvchilik va boshqa dastgohlar loyihalari shular jumlasidan.

Manbalar



Tags:

145215-aprel15192-mayAmboiseFlorensiyaFransiyaItaliyaItalyan tiliMusavvirOlimRenessans

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Yosin surasiYorugʻlikOʻzbekistonda paxta ishiShum bola (film)Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiOʻsimliklar fiziologiyasiDavlatlar roʻyxatiJahon savdo tashkilotiGektarDaʼvoRuxNuqtali vergulIshlab chiqarishToshkentFransiyada ta'limKimyoAlpinizmMustaqil davlatlar hamdoʻstligiMagnit induksiyaSterilizatsiya (mikrobiologiya)Xalqaro Yer kuniOʻzbekistonQisqartma soʻzlarToʻldiruvchiAQSHda taʼlimUltratovush tekshirish usuliQurʼonDunyo aholisiElon MuskGʻulomjon YoqubovMadaniyatNATOOʻzbekistonda taʼlimElektrokardiogrammaDeputatMantiqLionel MessiOʻzbekiston mobil telefon kodlariMicrosoft AccessAluminiyKoʻkyoʻtalGipofizOʻzbeklarDorivor oʻsimliklarXiva xonligiIspaniyaKoʻmakchiBirinchi yordamInstagramMisTaxallusLolaFalsafiy antropologiyaOb-havoEsse (asar)SellyulozaSudralib yuruvchilarGormonlarIso MasihHindistonBirlashgan QirollikQoraqalpogʻiston bayrogʻiSurxondaryo viloyatiOʻtkan kunlarToʻmarisBuxoro xonligiDidaktikaMasturbatsiyaDeformatsiyaNodiraYugurishAdabiy tilVijdon erkinligiChingiz AytmatovMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiAxborot tizimiInformatikaSifat🡆 More