Android

Android (yunoncha andro — „inson, erkak“, oid qoʻshimchasi — „robot“; „odamsimon robot“) — smartfonlar, planshetlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, fitnes bilakuzuklar, oʻyin pristavkalari, noutbuklar, netbuklar, smartbuklar, Google Glass koʻzoynaklari, televizorlar, proyektorlar hamda boshqa qurilmalar (2015-yilda avtomobil koʻngilochar tizimlari va maishiy robotlarga ham oʻrnatildi) uchun operatsion tizim hisoblanadi.

Operatsion tizim
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Android
Soʻnggi versiyasi Android 12
So’nggi test versiyasi 14
Qo’llaydigan platformalari 32-64 bitli ARM, MIPS x86-x64 arxitekturasi
Yadro tipi monolit (Linux yadrosining takomillashtirilgani)
Litsenziya Apache License 2.0 va GNU GPL 2
Holati faol

Dastlab ushbu operatsion tizim Android Inc. tomonidan ishlab chiqilgan, keyinchalik uni Google sotib oldi. Operatsion tizim Linux yadrosi va Google tomonidan ishlab chiqilgan Java virtual mashinasiga asoslangan. Keyinchalik, Google ushbu platformani qoʻllab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) shoʻbasini yaratdi.

Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.

2014-yilning ikkinchi choragida dunyo boʻylab sotilgan smartfonlarning 86 %ʼda Android tizimi oʻrnatilganligi hamda 2017-yil may oyida ishlab chiquvchilar konferentsiyasida Google butun Android tarixida 2 milliarddan ortiq Android qurilmalari faollashtirilganligini eʼlon qildi.

Android operatsion tizimi qurilmani Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxonalari orqali boshqariladigan Java ilovalarini ishga tushirish imkonini beradi. Android Native Development Kit sizga C va boshqa dasturlash tillarida yozilgan kutubxonalar va dastur komponentlari bilan ishlash imkonini beradi.

Tarixi

Google Android Incʼni sotib olishidan oldin raqamli kameralarni kompyuterlarga bogʻlashni taʼminlovchi oʻz operatsion tizimini ishlab chiqmoqchi boʻlgan. 2005-yil 11-iyulda Google Android Incʼni 130 million dollarga sotib oldi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi.

Android operatsion tizimining har bir versiyasining kod nomi avval boshida shirinliklar nomi bilan atalardi (bu anʼana 1.5 dan 9 gacha boʻlgan versiyalarda amal qilib keldi). Ismlarning birinchi harflari versiya tartibida lotin alifbosidagi harflarga mos keladi: 1.5 Cupcake („keks“), 1.6 Donut („boʻgʻirsoq“), 2.0/2.1 Eclair („ekler“ shirinligi), 2.2 Froyo (muzlatilgan yogurt — inglizcha frozen yogurt soʻzining qisqartmasi), 2.3 Gingerbread („zamjabilli pryanik“), 3.0 Honeycomb („asalari uyasi“), 4.0 Ice Cream Sandwich („vaflili muzqaymoq“), 4.1/4.2/4.3 Jelly Bean („jeleli loviyachalar“ — konfet turi), 4.4 KitKat (shu nomdagi shokolad brendi), 5.0/5.1 Lollipop („obakidandon“), 6.0 Marshmallow („marshmellou“ — amerikancha shirinlik), 7.0 Nugat („yongʻoqholva“), 8.0 Oreo („Oreo“ pechenyesi), 9.0 Pie („pirog“). Android versiyalariga shirinliklar nomini berish anʼanasi Android 10 chiqarilishi bilan tugadi.

2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi.

2009-yilda platformaning toʻrtta yangilashlari chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „jonli fon rasmlari“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi.

2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu yangilanishlar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „kesish“, „nusxalash“, „qoʻyish“ funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.

2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.

2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.

2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangi update chiqqach 4.2 ga oʻzgardi.

Qurilmalar

Android 
HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT ostidagi birinchi smartfon
Android 
Android 1.5 OTning ishchi stoli

Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“ qurilmalarini Android OT ostida chiqara boshladi. Aynan shu qurilmalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqdi.

Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham oʻrnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ IWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi „Nexus Q“ mediapleyeri mavjud. Shu bilan birga Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.

2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga koʻpayotgani haqida xabar berdi.

Dasturlar doʻkoni

Google Play (avvalgi Android Market)

2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %, operatorlar esa qolgan 30 % olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn doʻkoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.

2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Googel Play internet doʻkoni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.

Manba kodi

2008-yil 22-oktabrda Open Handset Alliance ochiq platformali Androidga tegishli boʻlgan: operatsion tizim va oraliq dasturiy taʼminotlar hamda Javaʼda yozilgan asosiy yakuniy ilovalarning manba kodini eʼlon qildi. Android manba kodining umumiy hajmi 2,1 gigabaytni tashkil etadi. Android manba kodi uchun Apache 2.0 litsenziyasi „Maʼqullangan litsenziya“ hisoblanadi.

Afzalikklari

  • Baʼzi kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Android bir qator funksiyalarda, xususan veb syorfingi Google va boshqa xizmatlar bilan integratsiyalashuvida oʻzining raqobatchilaridan biri Apple iOSʼdan koʻra yaxshiroqdir. Bundan tashqari, Android, iOSdan farqli oʻlaroq, koʻproq platformalarga funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan ochiq platformadir;
  • Dasturlarni „tasdiqlanmagan manbalardan“ (masalan, xotira kartasidan) oʻrnatish taqiqlanganiga qaramay, ushbu cheklovni qurilma sozlamalari orqali oʻchirish mumkin boʻlib, bu foydalanuvchiga Internetga ulanmagan holda telefon va planshetlarga dasturlarni oʻrnatish imkonini beradi. Shuningdek, har kimga Android uchun bepul ilovalar yozish va uni qurilmada sinab koʻrish imkonini beradi;
  • Android operatsion tizimini ARM, MIPS, x86 kabi turli xil apparat platformalariga oʻrnatish mumkin;
  • Google Play Marketʼga muqobil xizmatlar mavjud: Amazon Appstore, Uptodown App Store, Opera Mobile Store, Yandex Store, GetApps, Mobogenie, F-Droid, 1Mobile Market, Meizu Appstore, AppGallery, Aurora Store, Aptoide;
  • 4.3 versiyasidan koʻp oʻyinchi rejimini qoʻllab-quvvatlash imkoni tugʻildi.

Tanqidlar

  • Sertifikatlangan Android qurilmalariga identifikatsiya maʼlumotlarini kompaniya serverlariga foydalanuvchining harakati haqidagi real vaqtda maʼlumotlarni uzatishga imkon beruvchi maxsus Google xizmati mavjud;
  • Telefon ishlab chiqaruvchilari Google Play va boshqa Google kompaniyasiga tegishli boʻlgan mulkiy ilovalardan[20] u bilan shartnoma qilgandan keyingina oʻrnatish huquqiga ega boʻladilar;
  • Lookout Security Mobile maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda Android smartfonlaridan foydalanuvchilardan taxminan bir million AQSh dollari oʻgʻirlangan (masalan, telefon egasini bilmasdan SMS yuborishi orqali);
  • Android (xuddi IOS kabi) Internetda fayllarni yuklash uchun HTMLda ishlatiladigan yuklash atributini qoʻllab-quvvatlamaydi.

Eʼtiroflari

PC Magazine Android 4.0 Ice Cream Sandwichʼni tahrirlovchilar tanlovi mukofotiga sazovor qilib, OSning yangi versiyasi platformaga koʻplab yaxshilanishlarni olib kelganini, shu jumladan smartfon va planshet tizimlari oʻrtasidagi farqni yoʻq qilganini taʼkidladi.

2012-yil mart oyida Rossiyaning "Vedomosti" gazetasi Android planshet kompyuterlar bozorida oʻzining asosiy raqobatchisi Applega qarshi gʻalaba qozongani haqida xabar berdi. Buning sababi, deydi tahlilchilar, Apple oʻz qurilmalari premerasini bir necha oyga kechiktirishidir. Shu bilan birga, iOSʼga nisbatan xaridorlarga „androidli“ qurilmalarni arzonroq narxda taklif qilishdidir deya eʼtirof etdi.

Qiziqarli faktlar

  • Android tizimi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari yaratilgan.
  • 2011-yil fevral maʼlumotlariga koʻra Android OT moslamalari Buyuk Britaniyada iOS OT ostidagi iPhone 4ni ortda qoldirdi.
  • Agar Androidning rasmiy saytida kursorni pastki chap burchakdagi robotga olib borilsa, u har xil harakatlar qilishni boshlaydi, bosganda qoʻlini silkitadi.

Manbalar

Havolalar

Tags:

Android TarixiAndroid QurilmalarAndroid Dasturlar doʻkoniAndroid Manba kodiAndroid AfzalikklariAndroid TanqidlarAndroid EʼtiroflariAndroid Qiziqarli faktlarAndroid ManbalarAndroid HavolalarAndroidLaptopOperatsion tizimRobotSmartfonTelevizorVideooʻyin konsoliYunon tili

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasiQon bosimiKubik metrGoogleEtikaSamarqandIsroilBotir QodirovNerv sistemasiMediasavodxonlikPsixikaMuhammadning ayollariPedagogik psixologiyaKelinlar qoʻzgʻoloni (film)AmmiakXalqaro tashkilotNuklein kislotalarJizzax viloyatiBola huquqlari toʻgʻrisida konvensiyaHasharotlarSaid OlimxonAbu Rayhon BeruniyZaxmEiffel minorasiVodorodGipertoniya kasalligiGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqInfeksiyaAxborot texnologiyalariMasshtabUyushiq boʻlaklarSudralib yuruvchilarBezgakKoinotOntologiyaUndosh tovushlarOʻzbekiston tarixiIngliz tiliDaryoIshlab chiqarish harajatlariDoriParonimlarParallelepipedSimmetriyaZotiljamMaqolaDoggy styleOʻzbekiston Respublikasi davlat gerbiTibbiyot deontologiyasiTurkmanistonJismoniy tarbiyaTermiziy Abu IsoOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiMuhammad YusufTalab va taklifAlisher NavoiyPublitsistikaGalaktikaYulduz UsmonovaSodda gapShimoliy AmerikaFoydali qazilmalarMuhammad Ali AhmedovPIRLSKredit-modul tizimiQuloqErkak jinsiy aʼzosiGemoglobinSportIrodaIqtisodiyotMedia madaniyatiOsiyoQadimgi YunonistonBaliqlar🡆 More