Kosatka: Tishli kit

Kosatka (Orcinus orca) – tishli kitlar turkumining delfinsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon.

Erkagining ogʻirligi 8 tonnagacha, urgʻochisi kichikroq. Yelka suzgichi toʻmtoq va juda keng, orqa suzgichi juda baland (erkagida 1,7 m gacha, urgʻochisida 0,9 m gacha). Kosatka kosmopolit, Arktikadan Antarktidagacha boʻlgan ochiq dengizlarda tarqalgan. Soatiga 55 km gacha tezlikda suza oladi. Homiladorlik davri 16 oyga yaqin. Uzunligi 2—3 m keladigan bitta bola tugʻadi. 35 yilgacha umr koʻradi.

Kitsimonlar orasida yagona yirtqich tur, asosan, boshoyoqli mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi, baʼzan kurakoyoqlilar (tyulen) va kitsimon (delfin) larga hujum qiladi. Odam uchun xavfli emas. Tutqunlikka koʻnikadi, yuvosh, oson qoʻlga oʻrganadi. Koʻplab ovlanadi. Oʻrtacha kattalikdagi K.dan 1 t gacha yogʻ, 1,5—3 t gacha goʻsht olinadi.

Manbalar

Tags:

AntarktidaArktikaDelfinlarErkakKosmopolitlarOchiq dengizOila (biologiya)Sut emizuvchilarTishli kitlarTurkumYelka

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbek qiziDaryoIbroyim YusupovBoborahim MashrabRovochYouTubeAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiGidroelektr stansiyaDasturlashSaida ZunnunovaKompetensiyaKriptovalyutaPunktuatsiyaMotivatsiyaQogʻozJanubiy OsiyoXotiraInstagramMaʼlumotlar bazasiSiyosiy partiyalarDaʼvatEng yaxshi film uchun Oscar mukofotiMedia madaniyatiSifatStenokardiyaQoraqalpogʻiston bayrogʻiYoʻl belgilariAutizmOʻzbekiston siyosiy partiyalariLondonImom al-BuxoriyYurakBachadonAdabiyotOʻtkan kunlarToshkent viloyatiSaudiya ArabistoniGlukozaPublitsistikaDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiShimoliy AmerikaInson skeletiBozorKelinlar qoʻzgʻoloni (film)PsixologiyaDavlat hokimiyati vakillik organlariUchburchakMantiqAbdulla QodiriyEva ElfieBirlashgan Arab AmirliklariQandli diabetAQSHda taʼlimFarmoyishChatqol biosfera qoʻriqxonasiSodda gapYurak-oʻpka reanimatsiyasiOq ayiqOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiMirzo UlugʻbekTemur tuzuklariMagnit induksiyaOʻsimliklar fiziologiyasiAnnotatsiyaEpidemiyaVoleybolFizioterapiyaJaloliddin ManguberdiMaktabgacha taʼlimVirusli kasalliklarBoburQizil kitobJigar sirroziHisobotHavoning ifloslanishiEpistemologiyaQashqadaryo viloyatiNuklein kislotalarAnemiya🡆 More