Portugal Tili

Portugal tili — roman tillaridan biri.

Portugaliya, Braziliyada, Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ortiqroq (jumladan, Portugaliyada 15 mln.ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Portugal tili 12— 14-asrlardajan. va shim. por-tugalgalisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan. 16-asr boshida Portugaliyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hozirgi Portugal tilining 2 asosiy varianti — portu-galcha va brazilcha variantlari mavjud (ular, asosan, fonetika va leksika sohasida oʻzaro farqlanadi); brazilcha variantda mahalliy narsa-ashyolarni ifodalovchi indeys soʻzlari koʻplab uchraydi. Portugal tili ning afrikancha varianti esa shakllanish arafasida. Portugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mavjud; Jan., Markaziy va Shimoliy Braziliyada shim. va jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli oʻzaro farqlanmaydi.

Portugal tili
Portugal Tili
Milliy nomi Língua portuguesa
Mamlakatlar Portugal TiliPortugaliya
Portugal TiliBraziliya
Portugal TiliAngola
Portugal TiliKabo-Verde
Portugal TiliSharqiy Timor
Portugal TiliGvineya-Bisso
Portugal TiliMakao
Portugal TiliEkvatorli Gvineya
Portugal TiliSan-Tome va Prinsipi
Portugal TiliMozambik
Rasmiylik holati Portugal TiliPortugaliya
Portugal TiliBraziliya
Portugal TiliAngola
Portugal TiliKabo-Verde
Portugal TiliSharqiy Timor
Portugal TiliGvineya-Bisso
Portugal TiliMakao
Portugal TiliEkvatorli Gvineya
Portugal TiliSan-Tome va Prinsipi
Portugal TiliMozambik
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 193 million
Turkumlanishi
Til oilasi Indoevropa tili
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 pt
ISO 639-2 por
ISO 639-3 por

Portugal tilining fonetik qurilishi urgʻusiz boʻgʻinlarning, asosan, soʻz oxirida reduksiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, shuningdek, burun unlilarining, ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi bilan boshqa roman tillaridan farqlanadi. Hozirgi Portugal tilida lotincha zamon shakllaridan uzoq oʻtgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan.

Portugal tilidagi dastlabki adabiy yodgorlik va hujjatlar 12-asrga mansub. Hozirgi adabiy Portugal tili 16-asrda, Luish di Kamoens ijod qilgan davrda shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.

Yana q.

Manbalar


Tags:

AfrikaBraziliyaHindistonOsiyoPortugaliyaRoman tillari

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariTemur tuzuklariYupiterOPECYuridik shaxsIsitmaAbdulla QahhorGipofizAyrisimon bezDifferensial tenglamaIso MasihDarsFalsafiy antropologiyaVikipediyaKonfliktAniqlovchiProteinlarKriptovalyutaAbu Ali ibn SinoOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiMiokard infarktiIntegratsiyaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiYulduzli tunlarAlbert EinsteinBaqara surasiMusiqa cholgʻu asboblariKasallikOIVChatqol biosfera qoʻriqxonasiGoʻri AmirOlmaOʻzbek lotin alifbosiInson yuragiHamletRassomlik sanʼatiOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiFrilanserShomahmudovlar oilasiTilFransiyaXrom (kimyoviy element)ShaxsHissiyotUnli tovushlarElektr zanjiriAksiyadorlar jamiyatiSuvHomiladorlikSimmetriyaSinonimlarKiberterrorchilikYouTubeBilimOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiMerkuriyLipidlarTemuriylar shajarasiDialektikaErtakZamburugʻlarIlmiy tadqiqotKapitalSaʼdiy SheroziyKosmonavtikaAbulfayzxonGoʻzallikIssiqlikIkkinchi jahon urushiIbroyim YusupovYogʻHujjatKitobOzon qatlamining yemirilishi va iqlim o'zgarishiSut emizuvchilarOvqat hazm qilish tizimiStressInstagramTugʻruq🡆 More