Golodomor

Golodomor (Inglizcha Holodomor, Ukrain tilida Голодомо́р) Sovet ittifoqi tomonidan sunʼiy ravishda olib borilgan ocharchilik siyosati.

Hozirgi Qirim, Rossiya va Ukrainaga qarashli Kuban oʻlkasida amalga oshirilgan bu siyosat natijasida 8 millionga yaqin inson ocharchilikdan halok boʻladi. Sovet davriga oid hujjatlarning arxivdan ochilmasligi sababli bu boradagi aniq sonlarni bilishning imkoni yoʻq. Shunga qaramay mutaxassislar oʻsha davrdagi Ukraina aholisining 4/1 qismi ocharchilikdan halok boʻlganini taxmin qilishadi.

Ukraina
Golodomor roʻy bergan hududlar

Golodomorning kelib chiqishiga sabab Sovet ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy va siyosiy xatolar hisoblanadi. Koperativ (umumiy mulk)tarzdagi qishloq xoʻjaligiga oʻtishdan bosh tortgan ukrainalik dehqonlar yerga ishlov berishdan bosh tortishadi. Bu „Anti-Kolxoz“ jaroyonining yiriklashib ketishi yaxshi oqibatlarga olib bormasligini tushunib turgan Sovet rahbarlari oʻziga xos yangi yoʻl ishlab chiqishadi. Unga koʻra bu „yechim“ boshqa hududlarga ham ibrat boʻlishi kerak edi. Ochlikning eng yuqori pallasiga chiqqan vaqtida ham Sovet ittifoqi 1932-yilda 1,7 million tonna, 1933-yilda esa 1,84 million tonna gʻalla eksport qiladi. Mamlakatda vujudga kelgan ochlarchilikdan odamlarning qochishiga qarshilik koʻrsatilib, ularning ochlikdan oʻlishlariga qoʻyib beriladi. Sovet davlati senzurani qoʻllash orqali bu holatni dunyodan yashirishga harakat qiladi.

Etimalogiyasi

Golodomor Ukraincha (морити голодом) „Ochdan oʻldirish“ degan maʼnoni bildiradi.

Voqealar rivoji

Sovet davlatining rahbari Iosif Stalin qishloq xoʻjaligining kolxoz va sovxozlashtirilishiga qarshi muxoliflik qilib kelgan va xususiy ishlab chiqarishdan foydalanishda davom etgan Ukraina va Don havzasida yashovchi dehqonlarga kollektivlashtirishni amalga oshirishdagi asosiy toʻsiq sifatida qaray boshlaydi. Avvaliga xoʻjalikdagi asosiy foydani berib kelayotgan xususiy ishlab chiqarishga ruxsat berib kelgan Bolsheviklar keyinchalik bunga markaziy hokimyatning rejalashtirilgan siyosatiga qarshi ulkan xavf sifatida qaray boshlashaydi. Sovet rahbariyati Oktabr inqilobi va undan keyingi fuqarolar urishi davrida Bolsheviklarni qoʻllab-quvvatlamagan shahar va qishloqlarni shu yoʻl bilan nazoratga olishni reja qilishadi. 1929—1930-yillarda hukumat kollektivlashtirishni keng miqyosda amalga oshirish uchun minglab kadrlarni hududlarga safarbar qiladi. 1932-yilgi hosilning yaxshi boʻlmasligini oldindan tushunib yetgan Sovet rahbariyati buning uchun kollektivlashtirishga olinmagan xususiy mulk egalarini ayblab chiqishadi. Va planlashtilgan hosildagi kamchiliklarni ularga soliq solish orqali qoplamoqchi boʻladi. Kuch ishlatish orqali keyingi yil uchun urugʻlik sifatida ishlatilishi kerak boʻlgan don mahsulotlari dehqonlarning qoʻlidan tortib olinadi. Xoʻjalik egalari sovxozga majburan olib ketilayotgan qoramollarni berib qoʻymaslik uchun ommaviy soʻyib yuborishadi. Buning natijasida qishloq xoʻjaligida foydalanilishi kerak boʻlgan qoramollar soni haddan ortiq kamayib ketadi. Keyingi yil falokat yuz beradi. Ukrainaning eng unumdor hududlarida ham ocharchilik yuz bera boshlaydi. Ocharchilik haqidagi xabarlardan soʻng u yerga borishni xohlagan muxbirlarga toʻsqinlik qilinadi. Mahalliy rahbarlar hukumatdan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrilishi kerakligini aytsalar ham yetarlicha harakat qilinmaydi. Ukrainadagi insonlar ochlikdan oʻlsalar ham, Sovet davlati chetga gʻalla eksportini yildan-yilga oshirib boraveradi. Guvohlarning maʼlum qilishicha, ochlik hududlaridan qochmoqchi boʻlgan bolalar yetimxonalarga, oilalar esa yashayotgan hududlariga majburan qaytarib yuboriladi. Shu tariqa koʻplab insonlar ochlikdan halok boʻlishadi. Xabar va maʼlumotlar oqimini oldini olish maqsadida shaxsan Stalin va Molotov tomonidan imzolangan qaror bilan bu hududlarga sayohat qilish va borish uchun maxsus ruxsatnoma olish shart qilib qoʻyiladi. Ocharchilik yuz bergan hududlardan qochmoqchi boʻlgan aholi Sovetlarga qarshi bosh koʻtargan dushman ekanligi va ularni jazolash kerakligi keng tashviq qilinadi. Sovet hukumatining bu yerdagi siyosatini amalga oshirish uchun Pavel Postishev Ukrainaning ikkinchi sekretari etib tayinlanadi. U bilan birga minglab sovet kadrlari „kollektivlashtirish“ni jadal suratda olib borish uchun Ukrainaga keladi. Natijada Stalin Ukrainanining nazoratini toʻliq oʻz qoʻlida toʻplaydi. 1933—1934-yillarda dehqonlar sonining kamayganiga qaramasdan hosil avvalgi yilga nisbatan yaxshi boʻladi. Qishloq dehqonlarining soni kamayishi muxolif boʻlishni befoyda qilib qoʻygandi. Sovet davlati oʻz rejimi uchun kerakli deb hisoblagan gʻalla eksportini keyingi yillarda ham davom ettiradi.

Sabab va natijalari.

Sovetlar ishlab chiqarishda xususiy mulkka asoslangan qishloq xoʻjaligiga qarshilik qilib, qishloqda yashovchilarni kolxoz va sovxozlarga toʻplashga urinishi yirik yer egalari va ularning qoʻl ostida ishlovchi baʼzi dehqonlarni noroziligiga sabab boʻladi. Chunki kollektivlashtirish ishi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, yirik yer egalari butunlay yersiz qolardi. Shuning uchun yirik yer egalari norozilik belgisi sifatida yerga ekin ekishdan bosh tortishadi. Buning natijasida Ukrainada ocharchilik va yuqumli kasalliklar sababli oʻlimlar yuz bera boshlaydi. Oʻlim miqdorini kamaytirish uchun Sovet hukumati toʻplanadigan don miqdoridagi davlat ulushini kamaytiradi. 1940-yilda Penitsillinning yaratilishidan soʻng yuqumli kasalliklarning oldi olinishiga erishiladi. 1930-yillarda esa buning umuman imkoni yoʻq edi. Penitsillin kashf qilinguniga qadar Yevropa va AQShda ham millionlab insonlar yuqumli kasalliklar sabab hayotdan koʻz yumib kelgan.

Ochlik qurbonlari

1933-yilda Rossiya va Ukrainada 5-10 million inson oʻlganligi taxmin qilinadi. Qurbonlarning 81,3 % ukrain, 1,4 % yahudiy va 1,1 % polyak hisoblanadi. Butun qishloq dehqonlarining 25-50 % halok boʻladi. Ukraina xalqining u davrlarda koʻrgan azob-uqubatlarining asorati bugungi kunda ham unutilgani yoʻq

Vinerbergerning suratlari

Avstriyalik muhandis Aleksandr Vinerberger Birinchi jahon urushida ruslarga asir boʻlib tushadi. Sovetlar davrida esa Ukrainaning u davrdagi poytaxti Xarkovda yashay boshlaydi. Vinerberg bu yerda ocharchilikka guvoh boʻlgach, NKVDning hibsga olish xavfiga qaramasdan bularni suratga oladi. Vinnerberg shaharda yashab yurgan vaqtida 100 ga yaqin holatni suratlarga muhrlaydi. Ularda insonlarning doʻkonlardagi navbatda turishi, och bolalar, Xarkov koʻchalarida oʻlgan insonlar va ocharchilikdan halok boʻlgan odamlarning umumiy qabrlari, toʻplangan murdalarni oʻzida aks ettiradi. Vinnerberga fotoapparatni xorijdagi doʻstlari yetkazib berishgan edi. Uning markasi mashhur Leica fotoapparati ekanligi taxmin qilinadi.

Golodomor 
Golodomor. Aleksandr Vinerberger olgan surat. 1933-yil

Golodomorning Genotsid sifatida tan olinishi

Golodomorning genotsid sifatida tan olinishiga Rossiya qattiq qarshilik qilib keladi. Hozirgacha 26 davlat va Yevropa ittifoqi buni genotsid sifatida tan olgan.

Golodomor 
Dunyo mamlakatlari tomonidan Golodomorning Genotsid sifatida tan olgan davlatlar roʻyxati. (toʻq koʻk rangda)

Manbalar

Tags:

Golodomor EtimalogiyasiGolodomor Voqealar rivojiGolodomor Sabab va natijalari.Golodomor Ochlik qurbonlariGolodomor Vinerbergerning suratlariGolodomor ning Genotsid sifatida tan olinishiGolodomor ManbalarGolodomorInglizchaQirimRossiyaUkraina

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Qoʻshma gapIrodaShartnomaOrtopediyaHasharotlarIqlim oʻzgarishining iqdisodiy oqibatlariUyushiq boʻlaklarGlobal muammolarRovochLudwig van BeethovenAluminiyFargʻonaDavlat tiliXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiOq ayiqInflatsiyaOʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiNitrat kislotasiBronxial astmaOmonimlarMuhammad YusufKurashUnli tovushlarShifokorHujjatJismoniy tarbiyaAzot oksidlariRaqobatXotiraKonfutsiylikMetrologiyaAtrof-muhitni muhofaza qilishAndijon viloyatiRimDifferensial tenglamaMaktabgacha taʼlimUlugʻbek rasadxonasiInsoniylikIqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siriBiologiyaYaponiyaRobototexnikaMenejmentShum bola (film)BiosferaFonetikaChingiz AytmatovMehrobdan chayonAtomAvtomobilPunktuatsiyaGerman tillariOscar WildeAseptikaInvestitsiyaInstagramFargʻona viloyatiElektron pochta orqali xabar tarqatishTurkmanistonKutubxonaPiramida (matematika)MuzeyKimyoviy elementlar davriy sistemasiAbdulla QahhorShokIdrokDoriNuklein kislotalarKirish soʻzlarMDHEmotsiyaFosforZotiljamXorazm Maʼmun akademiyasiKimyoRassomlik sanʼatiMorfologiyaRentgen nurlariYahudiylik🡆 More