Soniya, Sekund (belgilanishi: s) — SI xalqaro birliklar sistemasining oʻlchov birliklaridan biri hisoblanib, vaqtni oʻlchaydi.
Soniya | |
---|---|
s | |
Kattalik | vaqt |
Tizim | SI |
Turi | asosiy |
Soniya Vikiomborda |
Sekund, sekunda (lot. secunda divisio — ikkinchi boʻlish) — 1) vaqt oʻlchov birligi. s, sek bilan belgilanadi. S. oʻrtacha Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng: 1 sek = 1/60 min = soat. 20-asr 30 yillarida kvars soati yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis harakatlanishi isbotlandi. Shu asosda, Xalqaro astronomiya kengashining tavsiyasiga koʻra, 1960-yil oktyabr oyida Parijda boʻlib oʻtgan 11 Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasi vaqtning asosiy oʻlchov birligi — efemerid S.ning yangi taʼrifini qabul qildi. Unga koʻra, S oʻlchovi qilib 1900tropik yil (qarang Yil) ning 0yanvar, efemerid vaqt bilan soat 12 dagi 1/31556925,9747 qismi qabul qilindi. Molekulyar va atom soatlari paydo boʻlishi bilan 1967-yil 13Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasida atom S.ining davomliligi qilib, tashqi maydonning toʻlqinlanishi nol boʻlganda yagona barqaror izotop seziy l33Cs atomlarining maʼlum energetik satxlar orasida oʻtishiga mos nurlanishining 9192631770,0 davri olindi (verguldan keyingi nol bu sonning kelgusida oʻzgarmasligini biddiradi); 2) yassi burchak oʻlchov birligi (qarang Gradus). 60~2 gradusga yoki 60~’ minutga teng, 1 S. (") bilan belgilanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Soniya, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.