Michael Joseph Jackson (talaffuzi: Maykl Jekson) (29-avgust 1958-yil — 25-iyun 2009-yil) pop-qoʻshiqchi, boshlovchi va raqqosdir.
Ayrimlar M. Jeksonni "pop janrining qiroli" deb hisoblaydi.
Michael Jackson | |
---|---|
Michael Jackson (2-iyun 1988, Vena, Avstriya) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | Michael Joseph Jackson 29-avgust 1958-yil Gary, Indiana, AQSh |
Vafoti | 25-iyun 2009-yil (50 yoshda) Los Angeles, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi, bastakor, aranjirovkachi, raqqos, xoreograf, produser, aktyor, tadbirkor, filantrop |
Turmush oʻrtogʻi | Lisa Marie Presley va Debbie Rowe |
Janr | R&B, pop, rok, soul, dance, funk, disco, new jack swing |
Faoliyat yillari | 1964—2009 |
Veb-sayt | www.michaeljackson.com |
Uning faoliyati 1965-yilda otasi Michael va uning toʻrt nafar ukalari bilan The Jackson Five („Jacksonlar beshligi“) guruhini tashkil etish bilan boshlanadi. 1969-yilda guruh „ABC“, „I Want You Back“, „The Love You Save“ va „Iʼll Be There“ qoʻshiqlari orqali mashhurlikka erishadi. Yakkaxon qoʻshiqchi sifatida M. Jekson 1979-yilda „Off the Wall“ („Rasm-rusumdan xoli“), 1982-yilda „Thriller“ albomlarini chiqardi. „Thriller“ dan soʻng uni „King of Pop“ („Pop qiroli“), deb atay boshlashdi. 1980-yildan u oʻzini raqqos sifatida namoyon eta boshladi. 1982-yilda uning „Beat it“, „Billie Jean" hamda 1987-yilda „Smooth criminal" nomi ostidagi qo'shiqlarni uning ijodining eng yorqin namunalari sifatida tan olinadi.
M. Jekson 2009-yil 25-iyun kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Los Angeles shahrida teri saratoni oqibatida vafot etdi. Atigi 18 kundan keyin esa uning faoliyatidagi oxirgi konserti bo'lib o'tishi kerak edi. Uning oʻlimi butun dunyo boʻylab qayg'uni qoʻzgʻatdi, buning oqibatida esa uning musiqasi sotuvida keskin oʻsishga olib keldi. Los-Anjelesdagi Staples markazida boʻlib oʻtgan Jeksonning televideniyedagi xotira marosimini butun dunyo boʻylab 2,5 milliarddan ortiq odam tomosha qilgan. Vafotidan keyin ham, o'z qo'shiqlari orqali M. Jekson qariyb 2 milliard AQSH dollari ishlab topgan. Bu pullarning 40% qismi onasiga qolgan qismi esa farzandlarining hisobiga qolgan.
Vikiomborda Michael Jackson haqida turkum mavjud |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Michael Jackson, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.