John Maynard Keynes

John Maynard Keynes (talaffuzi: Jon Meynard Keynes;1883.5.6, Kembrij — 1946.21.4, Suseks grafligi, Tilton qishlogʻi) — ingliz iqtisodchisi, davlat arbobi, keynechilik asoschisi.

Cambridge universitetini tugatgan (1906). 1908-yildan to umrining oxirigacha shu universitetda dars berdi (1920-yildan professor), ayni paytda bir qator maʼmuriy lavozimlarda ishladi. Britaniya xazinasi xodimi (1915—19), Angliya banki direktorlaridan biri (1942-yildan), Bretton—Vuds konferensiyasida Angliyaning bosh vakili (1944). 1912-yildan nazariy „Economic journal“ („Iqtisodiyot jurnali“) muharriri boʻlgan.

Pul muomalasi va moliya, iqtisodiy oʻsish, bandlik sohalarida bir qator asarlar yaratdi („Versal shartnomasining iqtisodiy oqibatlari“, 1919; „Mister Cherchill siyosatining iqtisodiy oqibatlari“, 1925; „Pul toʻgʻrisida risola“, 1930 va boshqalar). Keynesning asosiy gʻoyalari „Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi“ (1936) asarida bayon etilgan. K. bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi va davlat iqtisodiy siyosatining asosiy tamoyillarini asoslab berdi. Keynes qarashlari 2-jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpgina Gʻarb mamlakatlari (ayniqsa, AQSH va Buyuk Britaniya)da davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asosiga aylandi (qarang Keynschilik, Neokeynschilik).

Manbalar




Tags:

Cambridge universiteti

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Surxondaryo viloyatiTurkmanistonAmmiakGigiyenaAdobe PhotoshopSezgiKonfliktYuridik shaxsAbu Ali ibn SinoElektr yurituvchi kuchFurqatXalqaro birliklar tizimiEritmalarOʻsimliklarQayta tiklanadigan energiyaFargʻonaIqtisodiyot nazariyasiQishloq xoʻjaligiReabilitatsiyaOʻpkaBosimOIVElektr dvigatelHissiyotOPECInnovatsiyaKonsepsiyaSiyosiy partiyalarFarhod va ShirinNobel mukofoti sohiblari roʻyxatiDasturlashHijriy yil hisobiQashqadaryo viloyatiTishGenetikaMorfologiyaJinsiy aloqaMisrGidroelektr stansiyaRassomlik sanʼatiMusiqaKitobAyrisimon bezTurkiyaOʻtkir HoshimovNevrologiyaSimmetriyaEmailKapitalUygʻonish davriMarketingBotir ZokirovMetrologiyaAfgʻonistonRentabellikMisGandbolVikipediyaAleksandr PushkinTaʼlimOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2020–2025)ImloQoʻqon xonligiNatural sonOsiyo davlatlari roʻyxatiMustaqil davlatlar hamdoʻstligiRobototexnikaNavoiy viloyatiAvestoHunarmandchilikToʻmarisIjro etuvchi hokimiyatYurak-qon tomir kasalliklariToʻqimaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiOʻrta OsiyoCOVID-19 koronavirus infeksiyasi🡆 More