Johann Sebastian Bach (talaffuzi: Iogann Sebastyan Bax; 21-mart, 1685 – 28-iyul, 1750) olmon bastakori va organisti boʻlgan.
Xor, orkestr va solo asboblar uchun yaratgan asarlari Barokko davrini shakllantirdi.
Johann Sebastian Bach | |
---|---|
Tavalludi | 21-mart 1685-yil Ayzenah, Olmoniya |
Vafoti | 28-iyul 1750-yil (65 yoshda) Leipsig, Olmoniya |
Fuqaroligi | Saxe-Eisenach va Muqaddas Rim imperiyasi |
Otasi | Johann Ambrosius Bach |
Onasi | Maria Elisabeth Lämmerhirt |
Bach — buyuk nemis kompozitori, mash'hur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bach ijodida oldingi davr musiqa janr yoʻnalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, oʻz badiiy yakunini topgan. Bach musiqasida polifoniya yoʻnalishlari bilan gomofoniya tizimlari oʻzaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bach merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholgʻular uchun asarlar hamda vokal, vokal-dramatik janrlari va boshqa Bach ijodida organ muhim oʻrin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi.
Organ uchun yozilgan "„Prelyudiya va fuga c-moll“, „Fantaziya C-dur“, „Tokkata va fuga“, „Passakalya“ va boshqa asarlari jahon musiqasi xazinasidan oʻrin olgan. Bach birinchi boʻlib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, „Xromatik fantaziya va fuga“, „Italyancha konsert“). Klavir musiqasi sohasida yangi „teng tovushqatorli“ tizimning afzalliklarini „Yaxshi temperatsiyalashgan klavir“ toʻplami misolida namoyish qildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Bachning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari („Ioann boʻyicha ehtiroslar“, „Matvey boʻyicha ehtiroslar“, „H-moll katta messasi“, „Magnifikat“) alohida oʻrin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan boʻlib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak goʻzallikka intilish, shodu xurramlik bilan dard-alam hissiyotlari oʻz aksini topgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Johann Sebastian Bach, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.