Grigoriy Taqvimi

Grigoriy taqvimi (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yulian taqvimi (eski uslub) oʻrniga 1582-yilda joriy etilgan taqvim.

Perudjiy universiteti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576-yilda taklif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yulian taqvimida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21 martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400 yilda kabisa yil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. Grigoriy taqvimiga koʻra oxirgi 2 raqami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, masalan, 1700-, 1800-, 1900- va 2100-yillar oddiy yil, 1600-, 2000-, 2400- va 2800-yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365, 242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 soniya ortib boradi va sal kam 3300-yilda 1 kun xato qilinadi. Grigoriy taqvimining birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sovet Ittifoqiga (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Grigoriy taqvimi 1918-yil 14-fevraldan (eski uslubda 1-fevraldan) boshlab qabul qilingan.

Taqvim oylari

Tartib raqami Nomlanishi Kunlar
1 Yanvar 31
2 Fevral 28 yoki 29
3 Mart 31
4 Aprel 30
5 May 31
6 Iyun 30
7 Iyul 31
8 Avgust 31
9 Sentabr 30
10 Oktabr 31
11 Noyabr 30
12 Dekabr 31

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentabr | Oktabr | Noyabr | Dekabr

Tags:

OʻzbekistonSovet IttifoqiTaqvimYulian taqvimi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BachadonAseptikaBolalar va oʻsmirlar gigiyenasiMikroorganizmlarAbdulla AvloniyJamiyatNamangan viloyatiLev TolstoyIso MasihEndokrin bezlarKonstitutsiyaQon aylanishiInternetYouTubeInson yuragiBuxoro amirligiMercedes-BenzQattiq jismVitaminlarDiqqatMagnit maydonSovitkichMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliGloballashuvTemur tuzuklariTashqi savdoHijriy yil hisobiIjtimoiy psixologiyaBosh miyaYahudiylikAntonimlarYurak poroklariIshlab chiqarish harajatlariOʻzbeklarMediasavodxonlikXufton namoziGapPsixologiyaOʻzbekiston Mustaqilligi kuniMahtumquliOgahiyMorfologiyaKanadaOrqa miyaIboraYotoq yaraEkologiyaFarhod va ShirinYurakAtomOʻtkir respirator kasalliklarPoʻlatIrodaAvestoKasallikQimmatli qogʻozlarAbu Ali ibn SinoAvstraliyaGektarXalqaro birliklar tizimiOshqozon-ichak kasalligiMarkaziy nerv sistemasiShaytanat (teleserial)Chingiz AytmatovHolElektr tokiMarketingSiydikChala tugʻilgan bolaMazmun va shaklZilzilaQonun (huquq)EtikaElektrokardiogrammaMorfemaAutizm spektriQadimgi MisrZardushtiylikBolalar folklori🡆 More