Urugʻ yoki avlod (lotincha: genus) zoologiyada — turdan yuqori taksonomik kategoriya, filogenetik jihatdan oʻzaro qarindosh turlarni birlashtiradi.
Mas, boʻrilarning oʻzaro oʻxshash turlari (boʻri, chiyaboʻri, koyot, it va boshqalar) boʻrilar U.iga; tulkilarning oddiy tulki, korsak, afgʻon tulkisi va boshqa turlari tulkshshr U.ga birlashtiriladi. Bitta U.ga bitta yoki bir nechtadan bir necha yuztagacha tur kirishi mumkin. Mas, yenotsimonlar urugʻi, bitta tur yenotsimon it, ayrim hasharotlar urugʻi mingga yaqin turdan iborat. Odatda, koʻp turga ega boʻlgan U. kenja U.ga ajratiladi. Yaqin urugʻlar bitta oilaga (qarang Oila) birlashtiriladi. Lekin U. bilan oila oʻrtasida yana kenja oila (oiladan kichik taksonomik kategoriya) ham boʻlishi mumkin.
Botanikada U. tushunchasiga moye keladigan taksonomik kategoriya turkum deb ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Urugʻ (zoologiya), which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.