Covid-19 Koronavirus Infeksiyasi

Ushbu maqola kasallik haqida.

Virus uchun Ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) maqolasiga qarang. Pandemiya uchun COVID-19 pandemiyasi maqolasiga oʻting.

Covid-19 Koronavirus Infeksiyasi
COVID-19 simptomlari

2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19)SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi. Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da, ayrim bemorlarda kasallik ogʻir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi. Diagnoz qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha 3,4 foizni tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2 foizni, 80 yoshdan oʻtganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi.

Kelib chiqishi va tashxis

COVID-19 koronavirus infeksiyasi odatda shaxsdan-shaxsga yoʻtal va aksa berish davomida chiqariladigan tomchilar orqali yuqadi. Virusni yuqtirgandan keyin kasallik simptomlar yuzaga kela boshlagunicha oʻrtacha 5 kun oʻtadi. Bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Tashxis qoʻyishning standart uslubi burun boʻshligʻi yoki tomoqdan olingan suyuqlikni teskari transkripsiyali polimeraza zanjiri reaksiyasi (inglizcha: Reverse transcription polymerase chain reaction (rRT-PCR)) yordamida tekshirishdan iborat. Shuningdek, bemorga simptomlar, risk unsurlari hamda pnevmoniya belgilarini aniqlash uchun kompyuter tomograf yordamida tashxis qoʻyish mumkin.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti SARS-CoV-2 koronavirusi koʻrshapalaklardan odamga boshqa hayvon orqali yuqqan paytda paydo boʻlganini ma’lum qildi. tadqiqotchilar koronavirus paydo boʻlishi bilan bogʻliq 4 ta taxminni ehtimollik koʻrsatkichi boʻyicha roʻyxatlagan. Ularning orasida koronavirusning koʻrshapalaklardan odamga boshqa hayvon orqali yuqqan paytida paydo boʻlganligiga asosiy e’tibor qaratilgan. Virusning koʻrshapalaklardan odamlarga toʻgʻridan-toʻgʻri uzatilishi nisbatan past darajada baholangan boʻlsa, oziq-ovqat hamda laboratoriyadan tarqalish taxmini ehtimoldan yiroq qarash sifatida qayd etilgan.

COVID-19’ni keltirib chiqaradigan virusning eng yaqin qarindoshi koʻrshapalaklardan topilgan. Ammo, hisobotda aytilishicha, koʻrshapalaklarda aniqlangan viruslar va SARS-CoV-2 oʻrtasidagi evolyusion masofa bir necha oʻn yilliklarga teng boʻlib, bu, oʻz navbatida, virusning ulardan tarqalmaganini koʻrsatadi.

Agentlikning alohida qayd etishicha, tadqiqot natijalari kutilganidek boʻlib chiqqan va koʻplab savollarni javobsiz qoldirgan. Mutaxassislar guruhi „laboratoriyadan kelib chiqish“ haqidagi gipotezadan tashqari barcha taxminlar borasida qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazishni taklif qilgan.

Tadqiqot

Buyuk Britaniyada 2021-yil mart oyidan koʻngillilar orasida SARS-CoV-2 koronavirusining organizmga ta’sirini oʻrganish dasturi — «Human Challenge Program» doirasidagi tibbiy tadqiqotlar boshlandi. Hukumat ushbu tadqiqot koʻngillilarga SARS-CoV-2 koronavirusi ataylab yuqtirilgan dunyodagi birinchi izlanish ekanligini ta’kidlagan. Uning maqsadi COVID-19’ga qarshi vaksinalar va ushbu kasallikni davolash usullarini takomillashtirish hamda rivojlantirishni oʻz ichiga oladi.

Birinchi koʻngillilar guruhi bilan koronavirus xususiyatlarini oʻrganayotgan Londonning «Royal Free Hospital» kasalxonasi mutaxassislari ish olib borgan. Tadqiqot ishtirokchilariga koronavirus xavfsiz hamda doimiy nazorat ostida boʻladigan muhitda yuqtirildi. Ishtirokchilar shifokorlar va mutaxassislarning uzluksiz kuzatuviga olingan.

Izlanish davomida inson immunitet tizimining Sars-CoV-2 virusiga qanday javob qaytarishini va virus yuqtirilgan bemor uning zarralarini qanday atrofga tarqatishini aniqlash koʻzlangan. Sogʻlom koʻngillilar orasida bu kabi tadqiqot gripp va bezgakka qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda ham oʻtkazilgan. Ammo ushbu tadqiqotdan farqli tomoni shundaki, ushbu sinovlarning ishtirokchilari dastlab tegishli vaksina bilan emlangan.

Oldini olish va boshqarish

Infeksiya oldini olish uchun qoʻllarni tez-tez yuvish, boshqalardan uzoqroq masofada boʻlish hamda yuzni qoʻllar bilan ushlamaslik tavsiya qilinadi. Niqoblardan foydalanish esa hamma uchun emas, balki virusni yuqtirganini shubha qilayotganlar hamda ularga qarayotganlargagina tavsiya qilinadi. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat bor . Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash, izolyatsiya hamda eksperimental choralardan iborat.

Epidemiologiyasi va tarixi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2019–20-yilgi koronavirus epidemiyasini pandemiya hamda xalqaro sogʻliqni saqlash favqulodda holati (inglizcha: Public health emergency of international concern (PHEIC)) deya belgiladi. Jahon boʻylab virusning mahalliy tarqalishi (yaʼni, virus oʻchogʻiga bormagan shaxslar oʻrtasida tarqalishi) holatlari qayd etildi.

Manbalar

Tags:

Covid-19 Koronavirus Infeksiyasi Kelib chiqishi va tashxisCovid-19 Koronavirus Infeksiyasi TadqiqotCovid-19 Koronavirus Infeksiyasi Oldini olish va boshqarishCovid-19 Koronavirus Infeksiyasi Epidemiologiyasi va tarixiCovid-19 Koronavirus Infeksiyasi ManbalarCovid-19 Koronavirus InfeksiyasiCOVID-19 pandemiyasiOgʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

Milliy dinlarInterpolJismoniy tarbiyaJaloliddin ManguberdiMantiqAbdulhamid ChoʻlponMicrosoft ExcelTushunchaXivaMuskullarToshkent metropoliteniHaykaltaroshlik23-aprelQoraqalpogʻistonEksperimental psixologiyaXudoyberdi ToʻxtaboyevJahon tillariVatanGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqDoriVirusli gepatitBayerische Motoren Werke AGBozor iqtisodiyoti modellariShimoliy AmerikaMotiv (psixologiyada)Hamza Hakimzoda NiyoziyProkuraturaGenlarning oʻzaro taʼsiriHarbiy unvonlarKoʻp nuqtaPIRLSKoʻchirma gapElektr kuchlanishXarakter (obraz)AxloqQoʻqon xonligiAlgoritmMissionerlikMagnitZotiljamMicrosoft PowerPointYulduzGipofiz143TemirKonusIqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siriInfeksion kasalliklarHarakatQon aylanishiBirlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasiElektromagnit maydonPulsDevonu lugʻotit turkOsiyo davlatlari roʻyxatiPulMadaniyatXalqaro Turkiy Madaniyat TashkilotiYozuvMuqimiyOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariGerontopsixologiyaGoʻzallikOʻzbek milliy akademik drama teatriPaleolitXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiKompetensiyaGloballashuvEritmalarDavlatlar boshqaruv shakllari roʻyxatiMaydoniga koʻra mamlakatlar roʻyxatiMagnit maydonInformatikaBaliqlarAksiyaSpirtlarMushuk🡆 More