Barack Obama

Barack Hussein Obama II (talaffuzi: Barak Useyn Obama Ikkinchi; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinois shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan. Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Trump boʻldi.

Barack Obama
Barack Obama
Rasmiy portret (2012)
44-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil
Vitse-prezident Joe Biden
Oʻtmishdoshi George W. Bush
Vorisi Donald Trump
Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Illinoisdan)
Mansab davri
3-yanvar 2005-yil – 16-noyabr 2008-yil
Oʻtmishdoshi Peter Fitzgerald
Vorisi Roland Burris
Illinois Senati aʼzosi (13-okrugdan)
Mansab davri
8-yanvar 1997-yil – 4-noyabr 2004-yil
Oʻtmishdoshi Alice Palmer
Vorisi Kwame Raoul
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Barack Hussein Obama II

4-avgust 1961-yil (1961-08-04) (62 yosh)
Honolulu, Hawaii, A.Q.Sh.
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar
Turmush oʻrtogʻi Michelle Robinson (1992-yildan)
Bolalari
  • Malia
  • Sasha
Ota-onasi
  • Barack Obama Sr.
  • Ann Dunham
Istiqomat joy(lar)i Kalorama, Washington
Taʼlim Punahou maktabi
Alma mater
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • muallif
Imzosi Barack Obama
Vebsayti

2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi. Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).

Barack Obama
Obama, rafiqasi Michelle va qizlari Sasha va Malia, 2009-yil.

Dastlabki hayoti va karyerasi

Obama 1961-yil 4-avgustda AQShning Hawaii shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan. U Hawaiida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir. Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Ann Dunham (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan. Otasi Barack Obama Katta (1936-1982) Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Hawaiiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Hawaii uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan. Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.

1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barack va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barackning otasi 1962-yilning iyunida Hawaiida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Harvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi. Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi. U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramida faqat bir marotaba Hawaiiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi. Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“.

Nashr etilgan kitoblari

Audiokitoblar

  • 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417

Manbalar

Oʻqish uchun

Havolalar

Tags:

Barack Obama Dastlabki hayoti va karyerasiBarack Obama Nashr etilgan kitoblariBarack Obama ManbalarBarack Obama Oʻqish uchunBarack Obama HavolalarBarack Obama1961-yil4-avgustAQSh PrezidentiAfroamerikalikAmerika Qoʻshma ShtatlariAmerikalikDemokratlar partiyasiDonald TrumpHuquqIllinoisSiyosatchiYozuvchi

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BosimItaliyaAnafilaktik shokYuklamaSuraQozogʻistonManipulyatsiyaImmunitetMuhammad YusufOilaTurizmDiniy tashkilotEnergiyaGipertoniya kasalligiRentgen nurlariIslom tarixiQuloq kasalliklariJismoniy tarbiyaEronUrgʻuBankDavlatlar pul birliklari roʻyxatiArab xalifaligiGerman tillariMehnatModdalar almashinuviNanotexnologiyaOʻzbek lotin alifbosiEmotsiyaOʻzbek milliy akademik drama teatriUnli tovushlarMunavvarqori Abdurashidxon oʻgʻliJanubiy AmerikaLenta.ruDoriMarketingIrsiy kasalliklarBahorMaktabgacha taʼlimSunʼiy intellektXavfsizlik texnikasiMol-mulk soligʻiOʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiJarrohlikMustaqil davlatlar hamdoʻstligiBolalar adabiyotiXotiraSonlar roʻyxatiSulfat kislotaZulfiyaOʻqituvchiTelegramAbdulla QahhorBuxoro viloyatiGulKuydirgiKelishikYunon falsafasiIntellektIdrokAxborot jamiyatiTanqidiy fikrlashBuxoroIntel CoreMuqimiyYalpi milliy mahsulotAsosiy vositalarMehnat muhofazasiSariq kasalligiTashqi savdoIqtisodiy oʻsishQidiruv tizimiOIVMakkaPaygʻambarInson skeletiBuxoro xonligi🡆 More