YANGI GLOBAL TEKTONIKA, litosfera plitalari tektonikasi — Yer litosferasini harakatdagi blokplitalar sistemasidan iborat deb qarovchi eng yangi geologik gipoteza.
"YA.g.t."ning asosiy prinsiplari shotland geologi A.Xolms tomonidan belgilanib, unda O.Ampfererning Yer poʻsti ostidagi oqim gipotezasi, J.Jolining radiogen gipotezasi va A.Vegenerning materiklarning suzib yurishi toʻgʻrisidagi gipotezalarini birlashtirdi. "YA.g.t."ga muvofiq, litosfera kam yopishqoqpikka ega boʻlgan astenosfera ustida bir qancha plitalarga boʻlingan. Plitalarning chegarasi eng yuqori tektonik, seysmik va vulkanli faol zonalardir. Ushbu chegaralar boʻylab plitalarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi tomonga siljishi, biri ikkinchisining ustiga yoki ostiga siljishi yoki gorizontal siljishi sodir boʻladi. Okean oʻrtaliq tizmalarining rift zonalarida plitalar bir-biridan ajraladi va oraliq joy astenosferadan koʻtarilib chiqqan bazaltli magma bilan toʻladi. Chuqur suv osti novlarida bir plita ikkinchi plitaning ostiga surilib kirib, mantiya tomonidan yutib yuboriladi. Yirik plitalar qatoriga Tinch okean, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, HindistonAvstraliya, Antarktida plitalari kiradi. Astenosfera boʻylab harakatdagi litosfera plitalari oʻzining qattiqligi va yaxlitliligiga ega. Astenosferadagi konveksion oqimlar plitalarni oʻrtaliq tizmalardan chetga tomon surib olib ketadi, orollar yoyi va materiklar chekkalari boʻylab esa okean osti Yer poʻsti plitalari,materiklar Yer poʻsti ostiga kirib boradi. Yangi dalillarga tayangan "YA.g.t." konsepsiyasi keng ommalashdi. Ayni vaqtda konveksiya mexanizmi, okean osti Yer poʻstining kontinentlar ostiga kirib borishi masalasida jiddiy eʼtirozlar ham mavjud. Plitalar oʻzaro toʻqnashgan joylarda burmali inshootlar paydo boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Yangi global tektonika, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.