Roald Amundsen

Roald Amundsen (16-iyul, 1872 — 18-iyun, 1928) — norvegiyalik qutb sayohatchisi va tadqiqotchi.

1911-yil 14-dekabrda birinchi boʻlib Janubiy Qutbga yetgan.

Roald Engelbregt Gravning Amundsen
Roald Amundsen
Tavalludi 16-iyul 1872-yil
Borge, Norvegiya
Vafoti 18-iyun 1928-yil(1928-06-18)
(55 yoshda)
Byorne, Norvegiya
Fuqaroligi Norvegiya
Ota-onasi Jens Amundsen

Amundsen Rual (1872.16.7 — 1928) — norveg qutb sayyohi. Birinchi marta 1903 — 06 yillarda „Yoa“ kemasida Shimoli-gʻarbiy dengiz yoʻli orqali Grenlandiyadan Alyaskaga oʻtdi. Kanada Arktikasidagi King-Vilyam o.da ikki yil davomida muhim geomagnit kuzatishlar oʻtkazdi. A. 1904-yil Butiya-Feliks yarim orolda Shimoliy magnit qutbini tekshirdi va shu atrofdagi 100 ga yaqin orollarni birinchi boʻlib haritaga tushirdi. 1911-yil „Fram“ kemasida Antarktikaga eks-peditsiya uyushtirdi. Oʻsha yili 14 dekda tarixda birinchi boʻlib (R. Skottdan bir oy oldin) Janubiy qutbga yetib bordi va u yerdan qaytishda Qirolicha Mod togʻ tiz-masini (bal. 4500 m) kashf etdi. A. 1926-yil 12 — 13-mayda birinchi marta Arkti-ka ustidan „Norvegiya“ dirijablida Shpitsbergen — Shimoliy qutb — Alyaska marshruta boʻyicha uchib oʻtdi. 1928-yilda Umberto Nobile ekspeditsiyasi halokatga uchragach, A. ekspeditsiyachilarga yordam koʻrsatish uchun 18-iyunda gidrosamolyotda uchib borayotganda u ham Barens dengizida halokatga uchrab bedarak yoʻqolgan. A. oʻz sayohatlari haqida bir necha asar yozgan. A.ning rus tilida: „Muz okeani ustidan 454uchib oʻtish“ (L., 1927, L. Elsvort bilan birgalikda yozilgan), „Mod“ kemasida Osiyoning shimoliy sohili boʻylab eks-peditsiya (1929), „Janubiy qutb“ (1937), besh jildli asarlar toʻplami (L., 1936 — 39), „Mening hayotim“ (M., 1959) va boshqa asarlari bosilib chiqqan. Antarktida yaqinidagi bir dengiz va Amerika qutb stansiyasi (Amundsen — Skott) hamda togʻ tizmasi, qoʻltiq, suv osti soyligi (Shimoliy Muz okeanida) A. nomiga qoʻyilgan. Ad.: Dyakonov M., Amundsen, M., 1937; Yakovlev A., Rual Amundsen, M., 1948.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Tags:

14-dekabr16-iyul18-iyun187219111928Norvegiya

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

MadaniyatOʻzbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariBirlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibiOʻzbekiston iqlimiMagnit maydonKesimTogʻlarSanitariyaIkki eshik orasiEsse (asar)Moliya bozoriLeykotsitlarSilUyushiq boʻlaklarNikoh toʻyiMulk surasiTurkiyaFutbol tarixiAbsattar DerbisaliHayzShimoliy Muz okeaniHamid OlimjonNafasEpilepsiyaAleksandr PushkinOʻzbekiston Respublikasining KonstitutsiyasiYogʻGoʻdakFonetikaSterilizatsiya (mikrobiologiya)Selsiy shkalasiHissiyotTransportOmmaviy axborot vositalariBuddizmAbulfayzxon (drama)ToshbaqalarOntologiyaAllohning 99 nomiTuproqXalq pedagogikasiMusiqa cholgʻu asboblariOʻzbekiston mobil telefon kodlariAhmad YugnakiyErtakDavlatlarning telefon kodlariQuyon (hayvon)Wolfgang Amadeus MozartBuyrak usti bezlariDemokratiyaBiologiyaNewton qonunlariTurkmanistonPsixologiyaMorfologiyaXaritaQogʻozDavlat byudjetiHarakatInformatikaDiniy marosimlarElektr stansiyasiBurjHolAniqlovchiDinshunoslikAka-uka GrimmlarForobiyMirzo UlugʻbekOʻzbekiston Respublikasi PrezidentiFuqarolikAntipatiyaTeri kasalliklariTarbiyaZaharlanishIlmiy tadqiqotGlobusYevrosiyo🡆 More