Janubiy Osetiya (osetin: Хуссар Ирыстон, Xussar Iriston ; gruzincha: სამხრეთი ოსეთი, Samxreti Oseti; ruscha: Южная Осетия, Yujnaya Osetiya) Kavkaz janubidagi bir mintaqadir.
Sobiq Janubiy Osetiya Avtonom Oblasti (Gurjiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida). Mintaqaning bir qismi Gurjistondan 1990-yillar boshida mustaqillik eʼlon qilib, oʻzini Janubiy Osetiya Respublikasi, deya ataydi. Poytaxti — Tsxinvali.
Januy Osetiya mustaqilligi uni Gurjistonning bir qismi sifatida koʻruvchi BMT aʼzolari tomonidan tan olinmagan. Gurjiston mintaqaning sharqiy va janubiy qismi ustidan nazoratni saqlab qoldi va 2007-yilning aprel oyida u yerda etnik osetinlar tomonidan boshqariluvchi Janubiy Osetiya Muvaqqat Maʼmuriyatini tuzdi. Bu tashkilot rahbari Dmitriy Sanakoevdir va u Gurjiston bilan Janubiy Osetiya statusi haqida muzokaralar olib borishi koʻzlangan.
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Janubiy Osetiya, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.