Nyu Meksiko (inglizcha: New Mexico) - AQShning jangʻarbiy qismidagi shtat.
Meksika bilan chegaradosh. Mayd. 314,9 ming km2. Aholisi 1,85 mln. kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Albukerke shahri. Shtatning markazi Kr-yali togʻlar (eng baland joyi 4000 m), gʻarbi Kolorodo platosi, janubiy-sharqi LyanoEstakado platosi bilan band. Iklimi subtropik, quruq iklim. Oʻrtacha temperatura iyulda 23°, yanvarda G. Yillik yogʻin 250–500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande.
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Santa Fe | ||||
Eng yirik shaharlar | Albuquerque Las Cruces Santa Fe | ||||
Maydon • Butun | AQSh: 5-oʻrinda 314,915 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) | AQSh: 36-oʻrinda 1,928,384 | ||||
YIM • YIM | AQSh: 37-oʻrinda $61,012 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana | 47-boʻlib 6 yanvar 1912 | ||||
Vaqt | UTC-7 (MST) | ||||
Qisqartma | NM [35] | ||||
Shtat guli | Yucca flower (Yucca glauca) | ||||
Shtat daraxti | Pinyon (Pinus edulis) |
Nyu Meksiko AQShning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi oʻrinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini oʻrganish markazlari bor. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Nyu Meksiko hududini 16-asrda ispanlar bosib olgan. 1821 yilda Meksika tarkibiga qoʻshilgan. 1848 yildan AQSH bosib olgan. 1912 yildan AQShning 47-shtati.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
This article uses material from the Wikipedia O‘zbek article Nyu-Meksiko, which is released under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 license ("CC BY-SA 3.0"); additional terms may apply (view authors). Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Images, videos and audio are available under their respective licenses.
®Wikipedia is a registered trademark of the Wiki Foundation, Inc. Wiki O‘zbek (DUHOCTRUNGQUOC.VN) is an independent company and has no affiliation with Wiki Foundation.