Abbreviatura

Abbreviatura (italiancha: abbreviature — qisqartma; lotincha abbrevio — qisqartiraman) —

1) lingvistikada: soʻz birikmalarini qisqartirib hosil qilingan soʻzlar:

  • birikma tarkibidagi soʻzlar birinchi harflari alifbo tartibida oʻqiladi yoki oddiy soʻz harflar anglatgan tovushlar kabi talaffuz etiladi. Masalan, BMT (be-me-te) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi);
  • murakkab qisqartma soʻzlar: soʻz birikmalari tarkibidagi soʻzlar birinchi harflaridan tashqari, ular maʼlum qismlari (morfemalari) olinib yasaladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi, yurfak (yuridik fakultet);

2) musiqada: nota yozuvida qisqartirish va soddalashtirish belgisi. Kuy qismlarining takrorlanishida, juda baland yoki past tovushlarni bir oktava baland yoki past qilib shartli notalashtirishda, nota chiziqlaridan soʻng qoʻshimcha chiziqlarni kamaytirishda qoʻllaniladigan belgilar. Abbreviatura partiturada kuyga qochirim berishni ham ifodalaydi. Abbreviatura yordamida asarning nisbatan mustaqil, tugal qismi yoki qoʻshiq bandi takrori, ayrim takt yoki kuy tuzilmalari takrori beriladi. Abbreviatura koʻp qoʻshimcha chiziqlardan xalos qilib, nota oʻqilishini osonlashtiradi. Musiqa bezaklarini ifodalashda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Tags:

Lotincha

🔥 Trending searches on Wiki O‘zbek:

BronxitAFC Futzal Osiyo Kubogi 2024Minorai KalonOila tarbiyasiUndov belgisiMusiqa cholgʻu asboblariToshkent viloyatiJizzax viloyatiInsultGidrosferaTeriJigarGipertoniya kasalligiNavoiy viloyatiMona LisaKoordinatsion birikmalarYaponiyada taʼlimKuzatishNATOMuqimiyAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiPaygʻambarQalamMenejmentOʻzbekistonda paxta ishiAxborot xavfsizligiGoʻdakQonunSintaksisAvstraliyaOlimpiada oʻyinlariTugʻruqShum bola (film)Apple Inc.HamletEkologiyaUslubBuxoro xonligiUndosh tovushlarXalqaro tashkilotEpilepsiyaTib qonunlariBuxgalteriya balansiQadimgi MisrTalab va taklifAksiyaNuklein kislotalarTasavvufModal soʻzlarIsʼhoqxon IbratLeykotsitlarBosh miyaXurshid DavronIsaac NewtonQadimgi RimBank va bank tizimining tarixi va rivojlanishiKorxonaSomoniylar davlatiYusuf Xos HojibProteinlarMicrosoft WordAbdulla OripovKuydirgiUygʻonish davriTojikistonTermodinamikaMagnit induksiyaBiosferaAbdulla QahhorBirlashgan Arab AmirliklariSharq taronalariPulsKecha va kunduzIchki sekretsiya bezlariOrganik kimyoAlkogolizmMuskullarDizaynEkologik omillar🡆 More